yollanma ishchilar – proletariat sinfi ga birlashdi.
Shu tariqa G‘arbiy Yevropada jamiyatning tabaqaviy bo‘linishi
tugatilib, yangi, sinfiy bo‘linish shakllandi va zamonaviy sivilizatsiya-
ning asosiy jihatlari qaror topib bordi.
Yangi davrda Yevropa shaharlari. Shaharlarning rivojlanishi har
doim ularning geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lgan. Yevropaliklar
tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi
muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shahar-
larning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab Portugaliyaning Lissa-
bon va Ispaniyaning Sevilya shaharlari jadal rivojlandi. Bu shaharlarga
Hindistondan tovarlar, Amerikadan qimmatbaho metallar ko‘plab kel-
tirilar edi. Yangi savdo yo‘llaridan chetda qolgan Italiya shaharlari,
aksincha, o‘zlarining avvalgi ahamiyatini yo‘qotdi.
Manufaktura – ...
Yangi zodagonlar – bu ...
XVI asrning ikkinchi yarmidan ...
http://eduportal.uz
17
XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorrahalari
Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi. Bu yerda asosiy savdo markazi
Niderland qirolligining