«Sharq masalasi».
XVIII asr oxiriga kelib, Yevropaning kuchli
davlatlari Usmoniylar imperiyasining zaiflashib qolganligidan foyda-
lanib, uning mustamlaka hududlariga ko‘z olaytira boshladilar. Bu
hududlar geografik va siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega, tabiiy
boyliklarga, xomashyolarga boy o‘lkalar edi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va Rossiya hukmron doira-
larining har biri bu o‘lkalardan mumkin qadar ko‘proq o‘ljani qo‘lga
kiritishga intilardilar. Yevropa davlatlarining Usmoniylar imperiyasiga
qaram o‘lkalarni egallab olish uchun o‘zaro kurashi tarixga «Sharq
masalasi» degan nom bilan kirgan. Buyuk
Britaniya va Fransiya imperiyani o‘z ta’sirida
tutishga urindilar.
Rossiya esa Òurkiyaga qaram bo‘lgan Bol-
qon yarimorolida mustahkam o‘rnashib olishga
va Qora dengizning Bosfor hamda Dardanell
bo‘g‘ozlarini, shuningdek, Istanbul shahrini
qo‘lga kiritishga intilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |