Yosimune islohotlari. Yosimune tokugava sulolasining eng mash-
hur davlat arbobi sifatida tanildi. U tokugava sulolasidan chiqqan
sakkizinchi syogun bo‘lib, 1716–1745-yillari hukmronlik qildi.
Yosimune qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluv-
chilarni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Sug‘orish inshootlari tizi-
mini takomillashtirdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni
taqiqlovchi qonun chiqardi. Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga
http://eduportal.uz
81
solishda u joriy etgan «100 moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar
to‘plami katta ahamiyatga ega bo‘ldi.