64
Simfoniya markazida – bo‘ysunmas isyonkor obrazi, taqdirning
hech qanday zarbalari sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas insonning
qiyofasi namoyon bo‘ladi.
Betxoven umrining so‘nggi kunlarigacha ongni, yorqin kuchlar
tantanasi va g‘alabasini sharaflashga bag‘ishlangan asarlar yaratish
orzusi bilan yashadi.
XVIII asr tarixga Yevropadagi tabaqali jamiyat asoslariga, mo-
narxlarning absolut hokimiyatiga qarshi ma’naviy da’vat bo‘lib chiqqan
Ma’rifat asri sifatida kirdi. Ma’rifatchilik g‘oyalari kishilarning
ongini egallab, Yevropa sivilizatsiyasining qiyofasini o‘zgartirib
yuborgan moddiy kuchga aylandi.
Ma’rifatparvarlik g‘oyalari Shimoliy Amerikada mustaqillik
uchun urush yillari, Buyuk fransuz inqilobi davrida ommaviy
Do'stlaringiz bilan baham: