O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazairligi guliston davlat universiteti



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/42
Sana08.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#437815
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
ozbekiston tarixi

ADABIYOTLAR 
1.
A.Asqarov «O’zbekiston tarixi» 2 qism. 
2.
V.A.Abdullayev «O’zbek adabiyoti tarixi» (XVII-XIX asrlar) T.1964 yil. 
3.
Ilxom Sultonov Pyotr I va Movarounnahr oltini. «Ug’uzxondan qolgan mulk» 
to’plami T. 1995 yil 
4.
Mirzo Olim Mushrif «Qo’qon xoni tarixi» T. 1995 yil. 
5.
Nabiyev R.N «Qo’qon xonligi tarixi» T.Fanlar 1973 yil (rus tili). 


34 
6.
SHarofutdin Rokimiy «Tarixiy tom» T. 1998 yil 
7.
Kalonov A.P. «Qo’qon adabiy muhiti» T. 1961 yil 
Bizga ma’lumki XVI asrda O’rta Osiyo hududida SHayboniylar hukmronligi 
davri bo’lgan. SHayboniylarning ba’zilari tomonidan xo’jalik va savdoning rivojiga 
sharoit yaratish mamlakat iqtisodining izga tushib ketishiga, shahar hayoti savdo-
sotiq, hunarmandchilik va madaniy hayotining rivojiga ta’sir ko’rsatgan. Ayni paytda 
fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga (fan va madaniyat) – ushbu 
sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib 
chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. 
CHunonchi, Muhammad SHayboniyxon, Kuchkinchixon va Ubaydullaxonlar 
o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. SHuningdek SHayboniyxon, 
Abulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalari o’z zamonasining ajoyib kitob 
xavzinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnaxrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi 
an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishdi. Masalan, Samarqand va 
Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan 
Mavlono Kamoliddin Ibrohim, 
Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin SHaydo, 
iftixor ul-attibo, tabiblar iftixori unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad 
Mazid, Xakim SHahrisabziy, jarrox mavlono Bako, mavlono Rafe’, 1541 yilda ilmi 
tib va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Xusayn ibn SHiroq
Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan SHohali ibn Sulaymon, 
Xoja Xakim natijatulattibo unvonini olgan Abdulxakim ibn Sulton kabilar shular 
jumlasidandir. 
Xo’ja Xasan Nigoriy «Muzakkiri axbob» asarida matematika va astronomiya 
ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va 
astronomiya sohasidagi yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla 
Mo’min obodiyning «Hisobi amali shabaka» (shabaka jadvali amali hisobi: 1550), 
Bobokalon muftiy Samarqandiyning «Risola dar ilmi hisob», «Vaziyat bar chaxor 
qismi», Tursun zomiyning «Tuhfayi amir», Muhammad Xusayin munajjim 
Buxoriyning «Ma’rifati samti kibla» (Qibla tomonini topish ma’rifati), Muhammad 
ibn Axmad Forsiyning «Risola dar muaddimli kamar» (oy fazolarining tengligi 
haqida risola: 1517) Tojus-Sand Muhammad Toxir ibni Abulqosimning «Ajoyib ut-
tabokat» (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida 
Sultonali Samarqandiy 1526 yili «Dastur al iloj» asarini yozgan. Ubaydulloh Qaxxol 
ibn Muhammad YUsuf o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi. Baroqxonning o’rtancha 
o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonnig buyrug’iga binoan 1598 yilda «SHifo ul ilal» 
(Kasalliklar shifosi) asarini yozdi. Asar 500 varaqadan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha 
tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi 
bizgacha yetib kelgan. Ushbu «Umdat ul-kuxliya fil-amrozulbasariya» (Kuz 
kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. SHohali bin Sulaymon Qaxhol 
Toshkent hokimi Baroqxonning farmoniga ko’ra 1544 yilda tibga oid «Zubdayi 
manzuma» (Nazmlar sarozi) asarini yozgan. So’ng X asr olimi Ali ibn Isoning 
«Tazkirat ul kaxholim» (kuz tabiblariga esdalik kitob) asarini arab tilidan fors tiliga 
tarjima qiladi. Har ikkala asarning qo’lyozma nushalari O’zbekiston fanlar 


35 
akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutida saqlanadi. 
(tartib 4935, 9723). SHayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi. 
XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning 
«Ubaydullanoma», Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning «Muhit ut-
tavorix» (Tarixlar dengizi), Abdurahmon Tole’ning «Abulfayzxon tarixi», 
Muhammad YUsuf muntining «Mukimxon tarixi» asarlari shu davrning mahsulidir. 
Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702 y vafot etgan) ning ijodi o’ziga 
xosligi bilan ajralib turadi. U Subhonqulixon va uning zolim amaldorlarga qarshi 
ko’tarilgan halq qo’zg’oloni qatnashchisi, she’rlarida halqni zulmga qarshi 
birdamlikka, birlashishga da’vat etgan jasur shoir. Ashtarxoniylar zamonida 
Boborahim Mashrab (1640-1711) So’fi Olloyor namoyondalari ijodi halq mehrini 
qozondi. 
Tariqat namoyondalari insonni ulug’lab, uning yetishuvini tashviq qildilar: 
mo’minlar tomonidan tasavvufning to’rt qoidasi-shariat, tariqat, ma’rifat va 
haqiqatga amal qilishni targ’ib qildilar. Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-
mulk» (Podshohlar uchun dastur) asarini Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va 
tuzumi 
haqidagi 
asardir. 
Mutribiyning 
«Tazkirat ush-muaro» Salexo 
Samarqandiyning «Muzakkir ul-ashob» 1602, mulla Sodiq Samarqandiyning «Riyoz 
ush-shuaro» kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi. 
XVII asrda me’morchilik sohasida ham katta yutuqlarga erishildi, Samarqand 
Registoni shakllandi. YAlangtushbiy mablag’iga 1626 yil SHerdor madrasasi, 
Tillakori madrasasi qurildi. Imonqulixon Madina shahrida chorbog’, Makkadagi 
Ka’baga kiraverish darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli 
yog’och zina qurdirilganligiga tarix guvoh. Buxoroda Imomqulixon amaldorlari 
Nodir devonbegi masjid, Xovuz madrasadan iborat me’moriy majmua bunyod etdi: 
Samarqandda Xoja Ahror madrasasi yonida madrasa va nomozgoh bino qildi. 
Abdulazizxon qurdirgan Buxorodagi madrasa muxtashamligi, nafis naqshli 
koshinlarga boshlig’i bilan ajralib turadi. Xon saroyida kitoblar ko’chirilib, naqsh va 
tasvirlar bilan bezatilgan. Hattot Xoji YOdgor ko’chirilgan bitiklar nafisligi bilan 
ajralib turadi. 1624 yili Samarqandda ko’chirib naqshlar bilan bezatilgan 
SHarofiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma» o’sha davr kitobat san’atining 
o’rganishda muhim o’rin tutadi. 
2 XVI-XIX asr boshlarida Buxoro va Xiva madaniyati.
Ma’lumki, XIV-XV asrlarda O’rta Osiyo halqlari madaniyati dunyoda eng 
oldingi o’rinlarning birini egallagan edi. Madaniy hayotda bunday taraqqiyot 
darajasiga eng avvalo markazlashgan qudratli Temuriylar davlati barpo etilganligi 
tufayli erishilgandi. XVI asrda boshlab esa O’rta Osiyo halqlari madaniy hayotidan 
avvalgi erishilgan yutuqlarni saqlab qolish imkoni bo’lmadi. Aksincha, madaniy 
hayotining orqaga ketishi kuzatildi, uzoq davom etgan turg’unlik davri boshlandi. 
Bunga, birinchi navbatda kechagi markazlashgan davlatning parchalanib ketishi, 
O’rta Osiyoda hukmron bo’lish niyatida uchala xonlik o’rtasida muttasil davom 
etgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotni larzaga soluvchi qirg’inbarot urushlar, o’zaro ichki 
nizolar sabab bo’lgan edi. Ikkinchi sabab-ijtimoiy-madaniy hayotda diniy 
muttasiblik, johillikning kuchli mavqega ega bo’lib qolganligi ei. SHu sabab 
shayboniylar temuriylar yaratgan boy madaniyatga munosib voris bo’la olmadilar. 


36 
Ijtimoiy hayotda o’zbek va fors tillari qo’llanilgan. An’anaga ko’ra esa fanda va 
maktabda arab tili muhim o’rin tutgan. Madrasalar uch (boshlang’ich, o’rta va 
yuqori) bosqichli bo’lib, ularda arab, fors va o’zbek tili mukammal o’rgatilgan. 
SHuningdek, fiqh, xisob, xandasa, astranomiya, axloq, falsafa, mantiq, adabiyot, 
geografiya, tarix, tabobat o’qitilgan. Mamlakatdagi siyosiy parokandalik va o’zaro 
urushlar, jung’orlar xuruji salbiy ta’sir ko’rsatdi. SHuning uchun ham bu davr 
madaniyati shukuhi ancha past darajada bo’ldi. CHorminor nomi bilan mashhur 
halifa Niyozquli madrasasi binosi (1807 y qurib tamomlagan) halifa Xudoydod 
imoratlari silsilasi, ya’ni madrasa, masjid, maqbara va sardobasi (1777-1855 yil) 
me’moriy uslubining soddaligi va kamharj qurilgani bilan ajralib turadi. 
1796 yilda bunyod etilgan Ernazar elchi madrasasi, solnomalarda aytilishicha, 
yekatirina II ning mablag’tga qurilgan. Buning tarixi quyidagicha: 1754 yilda Rossiya 
podshosi yelizavetta (1741-1761) o’z saroyida sharqiy o’lkalaridan kelgan bir guruh 
savdogarlarni qabul qilgan. Savdogarlar o’zlari keltirgan sara mollarni namoyish 
etayotganlarida yelizavetta Ernazarning mollari ichidan bir necha qimmatbaho 
toshlarni tanlaydi va xazinachiga ularning haqini to’lashni buyuradi. SHunda Ernazar 
musulmon savdogarlari odati bo’yicha, mollarning eng sarasi avvalo, yurt 
hukmdorlariga tuhfa etilajagini bayon qiladi. Saroy mulozimlari unga taxsin 
o’qiydilar. Ernazar 10 yildan beri Rossiyada savdo-sotiq bilan shug’ullanib, insofli, 
diyonatli savdogar sifatida tanilgan edi. U malikadan rus savdogarlaridan po’lat va 
qo’rg’oshin sotib olish uchun izn so’raydi. Unga ruxsat yorlig’i beriladi. 
1774 yili Ernazar Ma’sud o’g’li Buxoro amirligining rasmiy elchisi sifatida 40 
tonnadan ziyod mol bilan Xojitarxon (Astraxan) ga keladi. SHahar bojxonasi undan 
2000 so’m boj talab qiladi. Ernazar Rossiya malikasiga atalgan sovg’a va buyurtma 
mollar bilan o’zining yaqin odamlarini Peterburgga jo’natadi. Peterburgdan 
malikaning undan boj olmasliklari haqidagi yorlig’i yetib keladi. 1775 yilning 27 
martida Rossiya hukumati boshlig’i kansler N.Panin Ernazarni qabul qiladi. 5 aprelda 
esa Ernazar yekatirina II (1762-1796) ning qabulida bo’ladi. Ernazar Mas’ud
o’g’liga Rossiya hukumati Kaspiy dengizdan bir kemani tuhfa qiladi, unga imperiya 
hududida 5 yil mobaynida erkin savdo qilishi va 10.000 so’mgacha miqdordagi 
mollaridan boj olmaslik yorlig’ini berdi. 
SHuningdek, unga 15.000 pud po’lat, 3000 pud mis sotib olib Buxoroga 
jo’natishga ijozat beriladi. 1780 yilning aprelida Ernazar Rossiyaga yana elchi bo’lib 
boradi. Elchi va uning hamroxlarini yekatirina II qabul qiladi va elchining aql
zakovati va saxovatiga qoyil qolib, unga minnatdorlik yuzasidan o’z mablag’iga 
Buxoroda madrasa qurdiradi. Bu davrda Xo’jand, O’ratepa, Xisor, Panjikent 
shaharlarida ham binoyi hayrlar qurildi. 
Mazkur binolar ko’pincha naqshlar bilan kamroq bezatilgan. YOg’och 
o’ymakorligi bilan qurildi. Ganjikorlik va naqqoshlikning o’ziga xos Buxorocha 
uslublari ham rivojlandi. Zargarlik va misgarlikda nafis amaliy san’at namunalari 
yaratildi. Kandakorlik va xakkolikda, shuningdek kulolchilikda ham noyob asarlar
yaratildi.
TARIXNAVISLIK XVII-XIX asrning yarmida Buxoro amirligi hududida tarix 
fani sohasida qator asarlar yaratildi. Bu davr tarixchi olimlardan biri Abduraxmon 
Tole’ bo’lib, u tarix ilmiga katta xissa qo’shgan. Uning «Tarixiy Abul Fayzxon» 


37 
asari nafaqat Abul Fayzxon davri (1711-1747) bo’yicha, ayni bir paytda XVII-
asrning I yarmidagi O’rta Osiyoning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba 
hisoblanadi. Asar Ayshtarxoniylar davlatining o’zaro urushlar girdobiga tortilganligi 
hamda Eron shohi Nodirshohning bosqinchilik yurishi natijasida inqirozga yuz 
tutgan davr haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Buxoroning yana bir tarixchi 
YA’kub ibn Amir Doniyol Buxoriy (1711-1831) edi. U mang’itlar sulolasi 2 
hukmdori Doniyolbiy otaliqning (1758-1786) o’g’li edi. U “Gulshan ul-mulk” 
(Podsholar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar 2 qismdan iborat bo’lib, 1 
qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon etilgan. 
Asarning 2-qismida esa O’rta Osiyoning XVIII-XIX asr boshlaridagi tarixi bayon 
etilgan. Tarixchi olimlar Mirzo Haydarning «Tarixiy Rashidiy», Mas’ud ibn Usmon 
Kuxistoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy», Binoiyning «SHayboniynoma», Fazululoh 
ibn Ruzbehxoniy «Mehmonnomai Buxoro» asarlari hali hamon o’z qimmatini 
yo’qotgan emas. XIX asr boshlarida yozilgan Mir Olim Buxoriyning «Fatxnomaiy 
sultoniy» asari ham tariximiz uchun muhim manba hisoblanadi. Bu davr 
adabiyotining atoqli vakillaridan biri Sayido Nasafiy (1637-1710) edi. U Qarshi 
shahrida tug’ilgan, to’quvchi, hunarmand oilasiga mansub bo’lgan. O’zbek 
adabiyotining bu davrdagi yirik namoyondalaridan biri Turdi Farog’iy edi. U halq 
manfaati ifodachisi edi. Turdi Subhonqulixon saroyida bir muncha vaqt otaliq 
lavozimdagi hizmat qilgan. U Subhonqulixon hukmronligi davrida halqqa o’tkazilgan 
jabr zulmlarini adolatsizliklarini o’z ko’zi bilan ko’rgan. Turdidan 432 misradan 
iborat she’r qolgan. O’z davrining «malikush-shuaro» faylasufi, mutafakkiri, ulug’ 
shoiri Mirzo Bedil (1644-1721) edi. Bedil arab, xind, fors va urdu tillarini, yunonlar 
falsafasini o’rgangan edi. Bedil 10 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug’ullangan. 
Undan juda katta meros qolgan. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish