MONETAR TARGETERLASH REJIMI
1.TARIXI
Monetar targetlash
rejimi 1970 va 1980-
yillarda AQSh, Kanada,
Buyuk Britaniya,
Germaniya,
Shveytsariya va boshqa
rivojlangan davlatlarda
faol qo‘llanilgan.
2.TARGETERLASH
Pul-kredit siyosatini
amalga oshirishning
ushbu usulida narxlar
barqarorligini ta’minlash
maqsadida pul
agregatlari, rezerv pullar
va pul massasi hajmlari
o‘zgarishini nazorat qilish
nazarda tutiladi.
3.Monetar targetlash
rejimi pul taklifi va talabining
keskin o‘zgarishlari kuzatilgan
rivojlanayotgan va o‘tish
davridagi mamlakatlarda
iqtisodiy rivojlanishning
dastlabki yillarida samarali
strategiya sifatida keng
ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya
bo‘yicha tegishli
ko‘rsatkichlarni belgilashda
iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirish
maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Valyuta kursini targetlash rejimi
Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta
ayirboshlash kursini past va barqaror
inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan
davlatlar valyutasiga bog‘lashni nazarda
tutadi.
Shuningdek, valyuta kursini targetlashning
milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi
mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli
koridorlarni o‘rnatish hamda real ayirboshlash
kursini asosiy savdo hamkor davlatlar
valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash
kabi turlari ham mavjud.
Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari
eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari yuqori
ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi.
Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali
pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining
maqsadli darajasini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Jumladan, valyuta kursi qadrsizlanganda
qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko‘proq oshganda
yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.
Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.
INFLATSION TARGETLASH TIZIMI
TARIXI
Inflyatsion targetlash rejimi
dastlab 1989 yilda Yangi
Zelandiyada amaliyotga joriy
qilingan. Bugungi kunga kelib
dunyoning 30 dan ortiq
davlatlari, jumladan, Avstraliya,
Argentina, Braziliya, Buyuk
Britaniya, Gruziya, Isroil,
Hindiston, Kanada, Polsha,
Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya,
Chexiya kabi davlatlar pul-kredit
siyosatining mazkur rejimidan
foydalaniladilar.
Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida
markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli
maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari
ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga
yo‘naltiriladi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli
ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan
mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion
targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi
va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli
hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va
muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay
sharoitlarni yaratadi
Makroiqtisodiy barqarorlik va
rivojlanishni ta’minlashda pul-
kredit siyosatining o‘rni
MAMLAKATDA ICHKI NARXLAR BARQARORLIGI
TA’MINLANISHI MAKROIQTISODIY VA IJTIMOIY
BARQARORLIKNING KAFOLATI BO‘LIB, IQTISODIY
ISLOHOTLARNI JADALLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
DASTURLARINI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISHDA
ZARURIY SHAROIT HISOBLANADI.
BUNDA INFLYATSIYANING PAST VA BARQAROR
KO‘RSATKICHLARI MUVOZANATLI IQTISODIY O‘SISHNI
TA’MINLASH, ISHLAB CHIQARISH RAQOBATBARDOSHLIGI VA
AHOLINI YASHASH DARAJASINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI
SANALADI. SHU NUQTAI NAZARDAN, NARXLAR O‘SISH
SUR’ATLARINING PASAYISHI VA BARQARORLASHISHI
DAVLAT IQTISODIY SIYOSATINING ASOSIY MAQSADLARIDAN
BIRI BO‘LISHI KERAK.
EGAMBERDIYEV SOHIBBEK IBROHIMJON O'G'LI
E'TIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |