Yuzung uza qaro zulfung nedur bil, ey dilafro‘z,
Yilone ganch uzra yotib ani saqlar shabu ro‘z.
She’rlaridan
parcha
olingan
shoirlar
ichida
ismlari
“Boburnoma”da zikr etilgan Suhayliy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy,
Hiloliy kabi qalam ahli, Navoiyning “Majolisun-nafois” asarida
sanab
o‘tilgan
Abul-Baraka,
Binoiy,
Xayoliy,
Riyoziy
Samarqandiy, Sulton Ali Mirzo, Sanoiy, Orifiy, Kotibiy, Vali
Qalandar kabi shoirlar mavjud.
Risoladagi she’riy parchalar xususida A.Sherbakning quyidagi
fikri e’tiborga loyiq, deb hisoblaymiz: “Asarlaridan misollar
keltirilgan shoirlar tarkibi, vaznlarni qamrab olishi va
misollarning xususiyati jihatidan na turkiy tildagi va na forsiy
tildagi adabiyotda unga teng keladigan asar yo‘qdir”.
“Aruz”ning yana bitta ahamiyati bor – ayrim shoirlarning
ijodidan namunalar faqat shu asar orqali bizgacha yetib kelgan.
Risolada Mavlono Lutfiyning ijodidan 30 ta bayt keltirilgan. Ular
orasida boshqa qo‘lyozma va nashrlarda uchramaydiganlari
ham bor. Masalan, “Aruz”ning 122b varag‘idagi:
Oy yuzung ollida hijl husn eli Rumu Chinaro,
Valvala soldi ko‘zlaring kofiru ahli din aro –
matlasi bilan boshlanuvchi g‘azalidagi quyidagi ikki bayt
hozircha boshqa qo‘lyozma nusxa va nashrlarda uchramagan:
Nuktaye
mushkdur
bu
yo
xayol
eng
jabin
aro,
Kufr
savodini
ne
xush
sizdin
bayozi
din
aro.
Jonu
ko‘ngul
necha
dedi
asrali
o‘zni
kelgach
ul,
Vah yana qo‘zg‘alishlar ko‘rgach ani chin aro
Bobur hazrat Navoiyning shaxsi va ijodiga katta hurmat bilan
qaragan. Uning Navoiy haqidagi fikrini klassik ta’rif deyish
mumkin: “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r
aytibturlar, hech kim oncha ko‘b va xo‘p aytqon emas…”- degan
jumlalarni ham keltirib o’tgan.
Abdurauf Fitratning “Aruz haqida" risolasini
konspektlashtirsh
Fitrat bu asarni shu so’zlar bilan boshlaydi:” Bu asarni
yozishimdan maqsad yosh shoir va yozuvchilarimizni aruz vazni
bilan yaxshilab tanishtirmoq va aruz vazni masalasini keng
muhokama maydoniga kirgizmakdir. Arab-eron aruzining
tarixiy o’sishi to’g’risida , o’zbek adabiyotida aruzdan
foydalanish yo’llari to’g’risida bundan so’ngra bo’laturg’an
muhokamalar bu asardagi kamchiliklarunu to’ldirar va
xatolarini tuzatishga yordam qilar deb umid qilaman va
ishonaman” degan edi. Mana shu jumlalardan ham bilish
mumkinki olimning naqadar kamtar inson bo’lganligini bilish
mumkin.
Asarda 4 va 5 asr avvaldan qolgan xalq adabiyoti parchalari
tamoman aruz vaznida yozilmagan bo’lsalarda, uning taqlidi,
aruzdan ta’sirlanish va uni barmoq vazni bilan yozilganligini
aytadi.
Shuningdek asarda arablar o’z she’rlarining vaznini tuya
yurishining ritmidan olganligi haqida ba’zi afsonalar
mavjudligi, ammo bu afsonalarning hech qanday ilmiy
ahamiyati yo’qligi haqida gapiradi.
Shunday bo’lsa ham burungi zamonlarda ,hatto, yaqin
asrlargacha arablarning iqtisodiy hayotida tuyaning juda roli
bordir. Tuyaning yurishini tezlatish uchun arab tuyachilarining
maxsus ashulalari bordir. Bu ashulalardagi ritmning tuya
yurishiga yaxshi ta;sir qilganini ko’rgan sayyohlar xabar
beradilar , hatto, mashhur Sa’diy Sheroziy: “ Ushtur va she’ri
arab dar xolat ast u tarab” deta fikrini qoldirib ketgan. Masalan
rajaz so’zining ma’nolari orasida dam yurib, dam turuvchi
tuya ma’nosi bor. Hatto, aruz ilmiga qabul qilingan aql, hazm,
kasf kabi ba’zi terminlarda ham tuya va tuyachilik hayotining
izlarini ko’rish mumkin .
Olim arablarda 16ta bahr borligini, so’ngra eron nazariyotchilari
yana 3 bahr qo’shib 19 bahrga chiqardilar deydi. Quyida ularni
ko’rib o’tamiz.
1.
Tavil
2.
Madil
3.
Basit
4.
Komil
5.
Vofir
6.
Ramal
7.
Hazaj
8.
Rajaz
9.
Munsarih
10.
Muzori’
11.
Sari’
12.
Hafif
13.
Mujtass
14.
Muqtazab
15.
Mutaqorib
16.
Mutadorik
17.
Qarib
18.
Jadid
19.
Mushokil
kabi bahrlarni sanaydi.
Fitrat hijolarni ikkitadan qilib tekshirganligini aytadi hamda
quyidagicha ko’rsatadi:
1.
Yondosh kelgan ikki to’liq hijo: --
2.
Yondosh kelhan ikki qisqa hijo: VV
3.
Bir to’liq ,bir qisqa hijo: -V
4.
Bir qisqa, bir to’liq hijo: V-
5.
Bir to’liq hijo: -
Men asardagi yigirmalik haqida ma’lumot bermoqchiman.
Demak, bunda birgian vazn bor ekan. Bunda har misra ikki
ist vositasi bilan 10+10 tarzida to’rtga bo’linadi. Har
bo’lumi ikki daf’a VV-V- to’plamidan iborat bo’ladi.
Menga noz qildi tag’ofuling dil-u jon duog’a yugurdilar,
Ko’z uchi bilan qarading kulib talabiga yetdi gadolaring.
Buning arab-eron aruzida ismi “Komil-musamman-solim”
bo’lub, har misrani to’rt daf’a “mutafoilun” bialn
o’lchaydilar.
Xulosam shundan iboratki asar juda tushunarli va sodda
tilde yozilgan. O’zi mustqaqil aruz ilmini o’rganayotgan har
bir inson uchun foydali kitob. Asarda qadimda o’tgan
shoirlarning ba’zi xatolari ham topilgan hamda Fitrat
tomonidan nega bu misollarning xatoligi yoki kamchiligi
borligi misralar bilan isbotlab berilgan. Bundan tashqari
arab va fors aruzshunosligi o’rtasidagi farqlar ham keltirib
o’tilgan.
Anvar Hojiahmedovning “Aruz lug’ati”
kitobini konspektlashtirish
Mumtoz she’riyatimizning bizga qadar yetib kelgannodir
qo’lyozmalarini to’g’ri o’qish va nashrga tayyorlash uchun ham
aruz ilmi va amaliyotini bilish zaruriy shartlardan sanaladi. Zero,
har qaysi asarning vazni, misralarning rukn xususiyatini, har bir
hijoning cho’ziq yoki qisqaligini anglash ularning bexato
o;qilishiga imkoniyat yaratadi. Mumtoz she’riyatimizning
ko’plab nashrlarida uchrab turadigan matn xatolari nashrga
tayyorlovchi olimlar va nashriyot xodimlarining vazn masaliga
e’tiborsiz qarash oqibati ekanligi shubhasizdir. Hozirgi
she’riyatimizda aruz vaznidagi g’azal va ruboiylar, muxammas
va musaddaslar bitish an’anasi davom etayotganligi uchun ham
bu lug’atning yaratilganligi foydadan holi bo’lmagan degan
fikrdaman.
Quyida aruz ilmida uchratishimiz mumkin bo’lgan
so’zlarning ma’nolarini ko’rib chiqamiz.
Azl
- chetlatish ma’nosini anglatuvchi aruz atamasi bo’lib,
adabiy tilde cho’ziq o’qiluvchi unlilarni, she’riy asarda vazn
talabiga ko’ra qisqa unli tarzida o’qilishini ifodalaydi.
Masalan, Lutfiyning
Ul oykim, aning mehrida mashhuri jahonman,
Afsuski, bilmaski, ne chog’liq nigoronman
Baytida nigoron so’zi tarkibidagi oldingi o unlisi adabiy
tilda cho’ziq talaffuz qilingan holatda she’rda qisqa
o’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |