Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

Yoshlar tadbirkorligi
deganda esa, Yuridik shaxs tashkil etmagan
holda Yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari Yosh fuqarolar bo‘lgan
Yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana
shunday yo‘nalishlardan biri sifatida Yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni
yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi
belgilangan.
Qonunning 9-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatini ruyobga
chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat
tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash
tizimini boshqarish organlari va sog‘likni saqlash muassasalari, madaniyat va sport
ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar
organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir
qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga
muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, 
Yosh
oilalarni qo‘llab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda
«Kamolot» uylarini qurish va imtyozli kredit asosida faol Yoshlarga taqdim etsh
vazifasi bdlgilandi. Bunday uylar loyiha-smdta hujjatlari asosida tjorat banklari
krdditlari dvaziga quriladi. Mamlakatning ijtmoiy hayotda faol qatnashayotan
Yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uy-joylar bilan
ta’minlanadi va ularga uzoq muddatli ipotdka krdditlari ajratladi.
O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa Yoshlar orasida
kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor karatish
bo‘yicha amalga opshrayoggan sa’y-harakatlari diqqatga sazovordir. O‘q
uvchi
Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash
maqsadida ta’lim
muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari
tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi Yoshlar turli yot g‘oya va
mafkuralardan himoya qilinadi, ularning
296


mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda Yuksak ma’naviyatni
qaror toptirishga hissa qo‘shiladi.
Har bir tuman markazida kitob do‘konlari ochildi va ular yangi asarlar bilan
boyitldi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbdk mumtoz va hozirgi zamon adabiyot, jahon
mumtoz adabiyot durdonalari nashr dtldi va hududlarda, xususan, rdspublika
axborot-rdsurs markazlarida ularning takdimot o‘tkaziladi. Bunday dzgu ishlarni
amalga oshirishdan
adabiyot orqali xalq ma’naviyatni Yuksaltrish, oilaviy kitob
o‘qish an’analarini keng torg‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni
kuchaytrish, Yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga
etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatga, kitob mutolaasi madaniyatga bo‘lgan
e’tborni kuchaytrsh 
maqsad qilib olingan.
O‘sib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga
qiziqishini o‘strish
maqsadida O‘zbdkiston xalqining madaniy- ma’rifiy mdrosi,
tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asar
muallioariga soliq va boshqa prdfdrdnsiyalar takdim dtlmoqda, iqtsodiy
rag‘batlantrish choralari ko‘rilmoqda.
Harakatlar strategiyasiga asosan oliy o‘quv Yurtlari kirish sinovlarida chin
etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratilgan. Davlat ta’minotidagi etim bolalar,
ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1- guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim
olishda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ularga oliy ta’lim muassasalariga qabul
qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar belgilangan, hududlarda
ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan.
Alohida ta’kidlash lozimki, uYushmagan Yoshlarning sport bilan muntazam
shugullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu maqsadda
mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uYushmagan Yoshlar
o‘rtasida musobaqalar tashkil etish (street sport) lozim. Agar jamiyat a’zolarining
barcha qatlamlari, ayniqsa Yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom
avlod to‘g‘risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib qilishga, Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga
yo‘naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari»,
«Barkamol avlod», «Universiada») yo‘lga qo‘yilgan. SHu munosabat bilan sport
musobaqalari final bosqichi o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari ta’mirlanadi va
jihozlanadi. Buning natijasida o‘quvchi Yoshlarning sog‘lom va barkamol
bo‘lishlari uchun tegishli sharoitlar yaratiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida
tahsil olayotgan chin etim, Mexribonlik uyida tarbiyalangan va ota- onasi ota-
onalik huquqidan maxrum qilingan, kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli
talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uYushmalari
stipendiyasi» loyihalari asosida sti- pendiyalar to‘lash amalga oshirib boriladi.
Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muxtoj, iqtidorli
talabalarga oliy ta’lim
297


muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning
harakati bilimi va intilishi moddiy-ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi.
Iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini
Yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, Yoshlar e’tiborini musiqa va san’atga
qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, Yosh iqtidorli
ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, Yoshlarni Vatanga
muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat
qiluvchi qator festivallar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazilmoqda, davlat mukofotlari joriy
etilgan. Masalan, iste’dodli Yoshlarni ruyobga chiqarish, kashf etish, san’at
olamiga kirib kelayotgan Yoshlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash maqsadida
«Nihol» mukofoti, iqtidorli qizlar orasida “Zulfiya” mukofotlari joriy etilgan.
Turli sohalarda mehnat kilib, xalqimiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan
zamon qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan
muntazam ravishda adabiy kechalar o‘tkazishga doimo e’tibor berib kelingan. O‘z
kasbi bo‘yicha Yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targ‘ib
qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni
Yoshlarga namuna sifatida etkazish va keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.
Eshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy
o‘tishining ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari,
mahallalar hamda tibbiyot punktlarida «Salomatlik kunlari»ni tashkil etish
belgilangan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa, Yoshlar orasida
sog‘lom turmush tarzi shakllantirilishiga, ularning tibbiy madaniyati
Yuksaltirilishiga hissa qo‘shadi, Yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga
etkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.
Ota-onalarning pedagogik madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch
va mas’uliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota- onalar
universiteti» faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali
materiallar ishlab chiqilmoqda, fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollari uchun «Yosh
avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish» mavzusida respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasini o‘tkazish choralari belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar
barkamol avlodni huquqiy, ma’naviy- axlokiy jixatdan tarbiyalashda ota-
onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini
ommalashtirishni, mavjud ibratli an’ana va kadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni
ko‘zda tutadi.
Yoshlarimiz o‘rtasida mamlakatimizda amalga opgarilayotgan islohotlarga
daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axlokiy va media madaniyatni oshirishga
qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish
tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va Yoshlar bilan terrorizm va diniy
ekstremizmga qarshi
kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi va
bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.
Notinch oilalar farzandlari, uYushmagan Yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan,
«ommaviy madaniyat» ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini
nazoratga olishda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli
298


ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar,
seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali ko‘llanmalar chop etish,
ko‘rsatuv va eshittarishlar tashkil qilish Yoshlarning «ommaviy madaniyat»
ta’siriga qarshi immunitetani mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy madaniyatini
oshirish, sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini
rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
299


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish