29-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul
qilingan qarorlarni bekor qilish yoki o’zgartirish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar
manfaatdor shaxsning arizasiga ko’ra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki
mansabdor shaxs tomonidan bekor qilinishi yoxud o’zgartirilishi yoki sud tartibida
haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul
qilingan qaror bekor qilingan, o’zgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan
taqdirda, uning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga
yetkazilgan zararning o’rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |