Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


Fuqarolik jamiyati tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

Fuqarolik jamiyati tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
o‘rii
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni
beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari - bizning
kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor
mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik”101. Ko‘pchilik
mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti 
101Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’uldirmiz. T. 9. T.: “O‘zbdkiston”. B. 317-318.
224


Yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan
ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni
jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.
O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak
bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini Yuksaltirish uchun
yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining
turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy
an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi
muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili,
e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida
jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.
Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib,
avloddan-avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar,
motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh
bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish,
mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir
tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday
tadbirlarda kattaYu kichikka, boYu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va
ehtirom ko‘rsatiladi. CHunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam
bitta oila hisoblanadi.
Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu erda o‘sayotgan har bir yigit-qizning
axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni
ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun etti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan.
yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har
bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab
etishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning
obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan
Yurtga taniqli insonlar etishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari
g‘ururlanadilar.
Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi
boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning
moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy-siyosiy
masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida
225


demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida 
tiklanmoqda.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish