manfaatdor tomonlarning mazkur muammo bo’yicha mavqyeini qayd qilish va barcha tomonlar uchun
maqbul bo’ladigan qaror variantini ishlab chiqish.
Jamoatchilik tinglovi ishtirok etayotgan barcha tomonlarning o’z fikr va dalillarini bayon qilishini ko’zda
tutadi. Bunda ular muhokama qilinayotgan masalaga aloqador bo’lgan hujjatlar bilan tanishib chiqadi.
Jamoatchilik tinglovining ishtirokchilari quyidagilar bo’lishi mumkin:
mazkur muammoni kun tartibiga qo’yishda tashabbus ko’rsatgan tomon (investor, tayyorlangan loyiha
mualliflari);
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining, ma’muriyat, davlat nazorat idoralarining vakillari;
muhokama qilinayotgan masaladan manfaatdor bo’lgan jamoatchilik, shu jumladan, jamoat tashkilotlarining
vakillari.
Jamoatchilik tinglovini tashkil etish va o’tkazishga mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalarining vakillari jalb etilishi lozim.
Jamoatchilik tinglovining obyekti jamiyatda vujudga kelgan muammoni hal qilish bo’yicha tayyorlangan
loyiha bo’lishi mumkin. Mabodo, loyiha tarkibida yopiq ma’lumotlar mavjud bo’lsa, loyiha mualliflari jamoat
tinglovi uchun alohida ma’ruza tayyorlashadi. Shu bilan birga, muammoni hal qilish bo’yicha tayyorlangan
hujjatning qisqacha mazmuni ko’pchilik uchun tushunarli bo’lgan sodda tilda tayyorlangan bo’lishi zarur.
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining eng ko’p tarqalgan ko’rinishlaridan biri tuman va shaharlarda
mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, xususan hokimlarning hudud aholisi oldida muayyan davr (chorak, yarim
yil yoki yil) davomida rejalarning qanday bajarilayotgani to’g’risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari
hududdagi aholiga xizmat ko’rsatadigan barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir bo’lishadi. Tinglov
davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, rejadan orqada qolish,
ko’rsatilayotgan xizmatlarning to’laligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi. Bunday tinglovlar
mamlakatimizdagi barcha hududlarda an’ana tusini oldi.
Jamoatchilik tinglovi yakunlari bo’yicha tashkilotchiquyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
qaror loyihasi bo’yicha tayyorlangan hujjatga tinglov jarayonida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida
tegishli o’zgarishlar kiritish;
jamoatchilik tinglovi natijalarini hujjatlashtirish.
Jamoat tinglovining asosiy hujjatlari quyidagilar: muhokama qilinayotgan loyiha, berilgan savollar hamda
takliflar, ularga berilgan javoblar; jamoatchilik tinglovining bayonnomasi; tomonlarning kelishmovchiligi qayd
etilgan yakuniy hujjat; loyihaga tinglov natijasida kiritilgan o’zgarishlar ro’yxati.
Jamoat tinglovining yakunlovchi hujjatini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish tavsiya etiladi
Jamoatchilik tinglovi muammoga ekspertlarni jalb qilish, tinglov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon
berish, jamoatchilik tinglovini o’tkazadigan joyni ijaraga olish kabi moliyaviy mablag’larni talab etadigan
masalalar bilan bog’liq. Odatda, tegishli moliyaviy mablag’ bu muammoni hal qilishdan manfaatdor tomon va hal
qilish uchun buyurtma bergan buyurtmachi yoki investor tomonidan qoplanadi. Shuningdek, qo’shimcha
mablag’lar (xayriya mablag’lari, jamoat tashkilotlari a’zolaridan tushgan badallar) ham jalb qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: