Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati
ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o’zini o’zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik
jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.
Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq
bo’yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan tizimini yaratishga bosh-qosh bo’lishi va
tashabbus ko’rsatishi lozim.
Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank,
ta’lim, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek,
bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko’rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik
nazoratida bo’lishi darkor”.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar davlat
hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning dolzarbligini yanada oshirib
yuboradi. Birinchi Prezident I.A.Karimov davlat boshqaruvi organlari faoliyatining mavjud qonunlarga qay
darajada mos kelishi yoki kelmasligini nazorat qilish zarurligiga ko’p marta e’tibor qaratadi.
Birinchi Prezident I.A.Karimovning demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolar jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek,“Qonunda jamoatchilik nazoratining turlari, shakllari va
subektlarini, nazorat predmetini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada
amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartligini belgilab qo’yish
zarur.”
5
NNTlarning vujudga kelishi obyektiv voqyelikning in’ikosi bo’lib, hatto eng rivojlangan demokratik
mamlakatlarda ham davlat o’zining fuqarolariga o’z organlari va mansabdor shaxslarining suiiste’molliklardan
xoli ekaniga to’la kafolat berolmaydi. 
Demokratiya fenomenining yirik tadqiqotchilaridan bo’lgan Aleksis de Tokvil demokratik tuzumning
mohiyati hukumatning hokimiyatini cheklashda, deb talqin qilgan edi. Insonning huquqini hukumat emas,
birinchi navbatda, qonun, shaxsning o’zi va jamiyat himoya qilishi kerak. Demokratik jamiyatda jamoat
birlashmalarining vujudga kelishi jamiyatni boshqarish qonunlaridan biri bo’libgina qolmay, mutlaq zaruriy
qonun hamdir. De Tokvilning fikriga ko’ra, “Dunyodagi mamlakatlar orasida eng demokratik mamlakat
fuqarolari maqsadga yetishishda o’zaro maslahatlashish asosida ish ko’radigan va mazkur jamoaviy harakat
usulini boshqalardan ko’ra ko’proq qo’llaydigan mamlakatdir”
6
. Huquqni himoya qilish bo’yicha tuzilgan jamoat
tashkilotlari barcha mamlakatlarni tezkor, samarali va kam sarf bilan inson huquqlari muammosini hal qilishga
184


ko’maklashadigan va hokimiyat organlari suiiste’molliklaridan himoya qiladigan tashkilotlarga bo’lgan ehtiyojni
ifodalaydi. 
Demokratik mamlakatlarda tuzilayotgan NNTlar bir qator umumiy funksiyalarga ega. Fuqarolarning
talablarini ifodalash; so’z erkinligini ta’minlash; jamoatchilikni davlatni boshqarish va demokratik jarayonlarda
ishtirok etishga safarbar qilish kabilar ana shunday funksiyalar jumlasiga kiradi.. 
XX asr oxiriga kelib bir qator muammolarni hal qilishda, xususan, inson huquqlarini himoya qilishda
NNTlarning ishtirokini ta’minlash xalqaro-huquqiy jarayonning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. BMT doirasida
inson huquqlariga oid asosiy hujjatlarni tayyorlashni NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. 
Jamoatchilik nazorati quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:
- u jamiyat va uning alohida institutlarini boshqarish, jamiyatning barcha a’zolari ehtiyojlari va
manfaatlarini uyg’unlashtirish shakli sifatida namoyon bo’ladi;
- mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg’unlashtirishda va bu manfaatlar o’rtasida
nizolar kelib chiqishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
- jamiyatdagi tezkor hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda jamiyatning kuch-g’ayratini
birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.
- jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy me’yorlarning bajarilishini kafolatlaydigan vosita hisoblanadi. 
Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutlar jumlasiga
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy
partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz berar ekan,ijroiya hokimiyati organlari
faoliyatini bavosita nazorat qiladi. Ayni paytda, ular ovoz bermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik
bildirgan hisoblanadi; 
- mehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari;
- notijorat xarakterga ega bo’lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. Mazkur uyushma
va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarninghuquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya
qilish maqsadida tuziladi;
- mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli vazirliklar va
idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin;
- mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo’g’ini hisoblanadigan o’zini o’zi boshqarish
organlarining mavjudligi. O’zbekistonda ana shunday organlardan hisoblanadigan mahalla institutining faoliyati
aholini o’zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya qilish maqsadida uyushtirishga yo’naltirilgan
bo’ladi;
Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlaridan biri shundaki, jamiyat o’sib va rivojlanib borishi
jarayonida oddiy xalq va hokimiyat o’rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib boradi. Masalan, qishloq
joylarda har bir fuqaro qishloq oqsoqoli bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega. Shaharlarda, ayniqsa,
katta shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday imkoniyatga ega emas. Bunday shaharlarda har doim
vositachilar paydo bo’ladiki, ular bir tomondan, xalqning ehtiyoj va kayfiyatini yuqori idoralarga yetkazib tursa,
ikkinchi tomondan, hokimiyat faoliyati to’g’risida aholiga axborot yetkazib turadi. Ana shunday vositachilar
jumlasiga ommaviy axborot vositalari, reklama va piar agentliklarini kiritish mumkin.Shundan xulosa qilib aytish
mumkinki, xalq va hokimiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ikki turli bo’lishi mumkin: 
Unchalik katta bo’lmagan ijtimoiy tizimlar uchun xos bo’lgan bevosita o’zaro ta’sir.
Shaharlar va umuman, katta ijtimoiy tizimlarda hokimiyat va aholi o’rtasida bavosita o’zaro ta’sir vujudga
keladi. Bunda vositachilik vazifasini ommaviy axborot vositalari, PIAR va reklama agentliklari kabilar
bajarishadi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish