Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


O’zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

4.O’zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi
Insoniyat tarixida buyuk rol o’ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi Mustaqil O’zbekistonda hayotga keng
tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari
rivojlantirildi. 
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o’rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik
jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to’la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg’a surilmadi?”
degan savol o’rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o’rtaga tashlanishining
sababi shundaki, sobiq sho’rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. Shuning
uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko’pchilikka tanish emasdi. Agar o’sha
davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o’rtaga tashlansa, u ko’pchilik uchun tushunarli bo’lmay
qolardi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik to’g’risidagi qonunni
qabul qilish zarurati to’g’risida so’z yuritilar ekan, jumladan shunday deyiladi: “Fuqarolik jamiyati institutlarining
yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini
ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar
muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya
qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni
belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo’yicha huquqiy normalar ko’zda
tutilishi darkor.”
Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qator asarlari, nutq va
maqolalari, xususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo’lsa, amaliyotning rivojlantirilishi
uni mamlakatimizda birinchi Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi va Konsepsiyasidan
yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan. 
Tarixga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o’rtasida doimo ziddiyatlar mavjud
bo’lgani, bu ziddiyatlar ko’plab marta qon to’kilishlarni keltirib chiqargani, isyonlar hukmron sinflar tomonidan
ayovsiz bostirilganidan guvohlik beradi. Tarixda hukmron sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham
kuzatilgan. Lekin bu yon bosishlar epizodik xarakterga ega bo’lib taktik maqsadlarda vaqtdan yutish yoki
ilojsizlik tufayli yuz bergan. 
Tarixda sinflarning manfaatlarini uyg’unlashtirishga chaqiriqlar ham bo’lgan, lekin ana shunday
uyg’unlikni ta’minlashga qaratilgan mafkuralar bo’lmagan. Ijtimoiy sheriklik sinfiy ziddiyatlarni yumshatish,
manfaatlarning uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan mafkura edi. Bu mafkuraning kelib chiqishiga asosiy sabab
mehnat sohasidagi munosabatlar edi va bu mafkura birinchi navbatda mehnat munosabatlarini tartibga solish
maqsadida yaratildi. Keyinchalik bu mafkura rivojlandi va boyitildi. Mustaqil O’zbekiston misolida ijtimoiy
sheriklik nafaqat mehnat munosabatlarini, balki jamiyatdagi mavjud munosabatlarning katta qismini tartibga
solish vazifasini bajara boshladi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Konsepsiyasida mehnat munosabatlariga urg’u berilmaganining
sababi hozirgi kunda mehnat munosabatlaridagi antagonistik ziddiyat ko’pchilik mamlakatlarda, jumladan,
O’zbekistonda ham bartaraf etilganida. Bundan tashqari, mehnat munosabatlarini tartibga solishga yo’naltirilgan
qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida mavjud. Bunday hujjatlar orasida
markaziy o’rinni “Mehnat kodeksi” egallaydi. O’zbekistonda bunday Kodeks 1995 yilda qabul qilingan edi.
“Mehnat Kodeksi”dan tashqari yana ko’plab huquqiy-me’yoriy hujjatlarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
masalalari ko’rib chiqilgan. Bundan chiqadigan xulosa shundaki, asosan tartibga solingan mehnat munosabatlarini
yana bir marta tartibga soladigan hujjat yoki institut yaratishga zarurat yo’q. Ijtimoiy sheriklik endi jamiyat oldida
166


turgan boshqa muammolarni hal qilishga yo’naltirilishi lozim. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
Konsepsiyasida ana shu muammolar ko’rsatib berilgan.
birinchi Prezident I.A.Karimov Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonunni qabul qilish
zarurati haqida gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. Fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan falsafa, sosiologiya, siyosatshunoslik va boshqa
fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati institutlarining mohiyati, miqdori, funksiyalari kabi
masalalarga qaratilgan. Bunday institutlar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi. Biroq negizning o’zi
fuqarolik jamiyati, degani emas. Bunday institutlarning soni o’n minglab va yuz minglab bo’lsa ham fuqarolik
jamiyati qurilib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati vujudga kelishi uchun ana shu institutlar, davlat hokimiyati
organlari va biznes vakillari o’rtasida sheriklik munosabatlari bo’lishi shart. Shu ma’noda aytish mumkinki,
ijtimoiy sheriklik fuqarolik jamiyatiga olib boradigan asosiy yo’ldir. 
birinchi Prezident I.A.Karimov Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklikning hozirgi kundagi asosiy funksiyasi
ko’rsatib berildi. Prezidentning ko’rsatmalari O’zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi
Qonunida o’zining to’la ifodasini topdi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish