O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


O‘zbekiston sportchilarining Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

O‘zbekiston sportchilarining Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki 
 
O‘yin 
Yil 
Shahar 
(Mamlakat) 
Tarkib 
soni 
Jami 
medal 
oltin kum bron O‘rin
XII 
1994 
Xirosima 
(Yaponiya) 
135 
42 
11 
12 
19 

XIII 
1998 
Bangkok 
(Tailand) 
168 
44 

23 
15 
10 
XIV 
2002 
Pusan
(Janubiy 
Koreya) 
175 
51 
15 
12 
24 

XV 
2006 Doha (Qatar) 
250 
39 
11 
14 
14 

XVI 
2010 
Guanjou 
(Xitoy) 
220 
56 
11 
22 
23 

XVII 
2014 
Incheon
(Janubiy 
Koreya) 
228 
44 

14 
21 
11 
XVII 
2018 
Indoneziya 
 
XVII yozgi Osiyo o‘yinlari 2014-yil 19-sentabr – 4-oktabr kunlari 
Inchxon shahrida (Janubiy Koreya) o‘tkazilgan.
O‘yinlarda 45 ta mamlakatdan 9700 sportchi ishtirok etgan. 
O‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasi jami 44 ta – 9 ta oltin, 14 ta kumush, 
21 ta bronza medallar bilan 11-o‘rinni egallagan
 
(13-jadval).
O‘zbekiston sportchilari Paralimpiya o‘yinlarida. 
2007-yil 27-
fevralda “O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi” Adliya 
vazirligidan 341-sonli qarori bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirgi kunda 
Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘zining ish faoliyatini 
boshlagan. Assotsiatsiyaning Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, 
Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyat va Toshkent shahar 
bo‘limlari tashkil etilgan.


204 
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 
Qonunining (2015) 31-moddasi “Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va 
moslashtiruvchi sport. Nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan 
boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilish”masalalariga bag‘ishlangan. 
Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya jismoniy tarbiyaning nogironlarni va 
jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy 
reabilitatsiya qilishning kompleks vositalaridan foydalanuvchi qismidir. 
Moslashtiruvchi sport nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan 
boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishga hamda ijtimoiy 
moslashtirishga qaratilgandir. 
Nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa 
shaxslarning moslashtiruvchi sportini rivojlantirish sport bilan 
shug‘ullanishning ustuvorligi, ommalashuvi va ochiqligi prinsiplariga 
asoslanadi. Nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa 
shaxslarni moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport 
usullaridan foydalangan holda jismoniy reabilitatsiya qilish hamda ijtimoiy 
moslashtirish jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida, shu jumladan 
reabilitatsiya markazlarida, nogironlarning jismoniy tarbiya-sport 
klublarida amalga oshiriladi. 
Tegishli ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan nogironlar va 
jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar uchun mashg‘ulotlar 
bunday ta’lim oluvchilarning shaxsiy qobiliyatlari va sog‘lig‘i holati 
hisobga olingan, moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport 
vositalaridan foydalanilgan holda tashkil etiladi. 
Maxsus vakolatli davlat organi mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nogironlarning jamoat 
birlashmalari bilan birgalikda nogironlarning hamda jismoniy imkoniyatlari 
cheklangan boshqa shaxslarning jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari 
vositasida jismoniy tarbiya, jismoniy kamol toptirish va jismoniy 
tayyorgarlik tizimiga uyg‘unlashuviga ko‘maklashadi. 
Maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport 
tashkilotlari, 
shuningdek 
nogironlarning 
jismoniy 
tarbiya-sport 
birlashmalari nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa 
shaxslar ishtirokida jismoniy tarbiya va sport tadbirlari o‘tkazilishini tashkil 
etadi, 
bolalar-o‘smirlar 
sport-moslashtiruvchi 
maktablarini, 
moslashtiruvchi bolalar-o‘smirlar jismoniy tayyorgarlik klublarini tashkil 
qiladi. 


205 
2008-yilda ilk bor O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi 
Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasining a’zosi sifatida Pekinda (Xitoy) XIII 
yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. Bu O‘yinlarda ikki nafar 
sportchi - Ravil Diganshin (engil atletika, pauerlifting) va Farxod Sayidov 
(suzish bo‘yicha) qatnashgan.
2010-yil Guanchjou shahrida (Xitoy) o‘tkazilgan Osiyo Paralimpiya 
Qo‘mitasi Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng 
rivojlangan Milliy Paralimpiya Qo‘mitasi deb tan olingan va Markaziy 
Osiyo davlatlari Milliy Paralimpiya Qo‘mitalari (Afg‘oniston, Eron, 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ishini rivojlantirish 
vazifasi yuklatilgan. 201-yil Guanchjou shahrida (Xitoy) o‘tkazilgan 
Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya sportchilari 1 ta oltin, 2 ta 
kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
2012-yilning 29-avgust – 9-sentyabr kunlari London shahrida (Buyuk 
Britaniya) XIV yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Paralimpiya 
o‘yinlarida dunyoning 166 davlatidan 4200 sportchi 20 ta sport turi bo‘yicha 
ishtirok etgan. Paralimpiya o‘yinlarida 10 nafar O‘zbekiston paralimpiya 
sportchilari 4 ta sport turlari - dzyudo, suzish, yеngil atletika va pauerlifting 
sport turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. Xusniddin Norbekov 
yеngil atletikaning disk uloqtirish musobaqalarida 4-o‘rinni, Kirill Pankov 
suzish bo‘yicha 6-o‘rinni egallagan va ikki marta Osiyo rekordini 
yangilagan. Sharif Xalilov dzyudo bo‘yicha kumush medal sovrindori 
bo‘lgan. Bu Paralimpiya o‘yinlarida rasman ikkinchi bor ishtirok etgan 
O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan dastlabki medal 
bo‘ldi. XIV Paralimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimiga 
O‘zbekiston bayrog‘ini olib o‘tish sharafi Paralimpiya va Paraosiyo 
o‘yinlari sovrindori Sharif Xalilovga berilgan. 
2014-yilda Incheon shahrida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tgan II 
Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari yuqori natijalarga 
erishgan edi. Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan 27 nafar sportchimiz 22 ta 
oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza jami 31 ta medalga sazovor bo‘lib, 
umumjamoa hisobida 41 davlat orasida faxrli 5-o‘rinni egallagan. 
Mamlakatimiz sportchilari Paraosiyo o‘yinlarida 12 marotaba Osiyo 
rekordini yangilashga ham muvaffaq bo‘lganlar. 
2014-yilda Markaziy Osiyoda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya 
Qo‘mitasi eng rivojlangan deb e’tirof etildi. O‘zbekiston Paralimpiya 
sportchilari qo‘lga kiritilgan medallar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari 
orasida birinchi, MDH mamlakatlari o‘rtasida oltinchi, jahonda esa 67-
o‘rinni egallagan. 


206 
2016-yil 7-18-sentabr kunlari Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) XV 
yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston terma jamoasi 
a’zolari jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, yuksak natijalarga 
erishdilar. O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchilari 
31 ta (8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 ta bronza) medalni qo‘lga kiritib, 
Paralimpiya o‘yinlarida yuz foizlik natija ko‘rsatdilar. O‘zbekiston 
paralimpiyachilari Rio o‘yinlarida 6 ta jahon, 12 ta Osiyo va 7 ta 
paralimpiya rekordini yangiladilar. O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 
umumjamoa hisobida 176 ta davlatlar orasida 16-o‘rinni, Markaziy 
Osiyoda birinchi, MDH va Osiyoda ikkinchi o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra XV yozgi 
Paralimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylar 
“O‘zbekiston iftixori”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan 
sport ustozi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, 
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy 
unvonlari, “Do‘stlik” ordeni va “Jasorat”, “Shuhrat” medallari bilan 
taqdirlandilar. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish