Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


Mas`ul muharrir: tarix fanlari nomzodi B. A. Talapov



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana08.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#435830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Turkiston va Rossiya munosabatlari

 
Mas`ul muharrir: tarix fanlari nomzodi B. A. Talapov
 
Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi M. A. Alixonov,
 
 
tarix fanlari nomzodi A. A. Erqo’ziyev
 
Ushbu o`quv qo`llanma Namangan davlat universiteti O’quv-
uslubiy kengashining 2011- yil 28- yanvardagi 5- sonli yig`ilishida 
muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
 
 
 
A. Rasulov, A. Isoqboyev.
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi
(o`quv qo`llanma) 
 
 
 
 
© Namangan davlat universiteti 



SO`Z BOSHI 
Turkiston va Rossiya xalqlari o`rtasidagi munosabatlar tarixi uzoq 
o`tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, 
turkiy qabilalarning slavyanlar bilan birinchi to`qnashuvi 375- yilda 
sodir bo`lgan ekan. Bundan keyingi jarayonda Osiyoning keng 
dashtlarida yashagan avarlar, qipchoqlar, hazarlar va boshqa turkiy 
qabilalar sharqiy slavyanlar, jumladan ruslarga yaqin qo`shni bo`lib, ular 
bilan doimiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan aloqada 
bo`lganlar. 
Mazkur o`quv qo`llanmada Turkiston va Rossiya o`rtasidagi 
aloqalarning asosan XVI-XX asr boshlaridagi jarayonlariga alohida 
o`rin ajratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki XVI asr o`rtalariga kelib 
Rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi, markazlashuvi o`z 
nihoyasiga yetdi va u Yevropadagi yetakchi davlatlardan biriga aylandi. 
Ushbu jarayon bu ikki hudud hukmron doiralarining siyosiy va iqtisodiy 
manfaatlari nuqtai nazaridan bir-biriga qiziqishlarini kuchayishiga olib 
keldi. Ayni paytda XVI asrda Buyuk ipak yo`lining inqirozga yuz tutishi 
O’rta Osiyo xonliklarini jahon savdosi va aloqalaridan butunlay uzilib 
qolishiga olib keldi. Qo`shni davlatlar bilan doimiy urush holatida 
bo`lgan O’rta Osiyo xonliklarida Rossiya davlatiga nisbatan iqtisodiy va 
siyosiy munosabatlarda strategik hamkor sifatida qaraldi. Shu bilan bir 
qatorda yildan-yilga o`z ta`sir doirasini Sharqqa tomon yoyib 
borayotgan Rossiya imperiyasi uchun ham O’rta Osiyo xonliklari bilan 
yaqinlashish manfaatli edi. 
O`quv qo`llanmada Turkiston va Rossiya o`rtasida o`zaro munosa-
batlar shakllanishi uchun yuzaga kelgan umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlar, asoslar, elchilik aloqalari, harbiy ekspeditsiyalar, qullar 
masalasi, savdo-iqtisodiy aloqalarga alohida e`tibor qaratilgan. XIX 
asrning ikkinchi yarmi davomida (1852-1885) O’rta Osiyo xonliklari 
Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilgach, mustamlaka sharoitida 
harbiy-ma`muriy boshqaruv tizimining joriy qilinishi, sudlov, savdo-
sotiq, boj tizimi, metropoliyadan o`lkaga aholini ko`chirish siyosati 
mazmun-mohiyati, maqsadlari tahlil qilinib, tegishli xulosalar 
chiqarilgan. Mustamlaka sharoitida Turkiston xalqlari madaniy hayotida 
chuqur iz qoldirgan ilk matbuot va teatrning kirib kelishi, taraqqiy 
etishida rossiyalik matbuotchilar, matbaachilar, aktyorlarning mazkur 
soha rivojidagi xissalari juda katta bo’lib, mazkur masala o’quv 
qo’llanmada tarixiy manbalar asosida ochib berilgan. 



“Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi” nomli o`quv-
qo`llanmaning I qismi XVI asrdan 1917- yilga qadar bo`lgan 
jarayonlarni o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, u 5220200-tarix bakalavriat 
yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmaning II qismi 
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarning o`ta murakkab, 
ziddiyatli va shiddatli o`zgarishlarga boy bo`lgan 1917-1924- yillarini 
o`z ichiga olgan bo`lib, u 5A220201 - Vatan tarixi magistratura bosqichi 
uchun rejalashtirilgan. Ayni paytda o`quv qo`llanmani mualliflar 
tomonidan yangi ma`lumotlar bilan boyitib, to`ldirib borish ham ko`zda 
tutilgan. 
O`quv qo`llanma ayrim kamchilik va xatolardan xoli bo`lmasligi 
tabiiy. Shu boisdan ham mualliflar o`quv qo`llanma bilan tanishib, u 
yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohaza va tanqidlarni samimiyat bilan 
qabul qiladilar. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish