Jinoyat oraliq 1



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/98
Sana08.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#435819
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   98
Bog'liq
SAVOLGA JAVOB jinoyat(1)

57
2
-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo 
tayinlash 
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadigan 
jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) 
nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning yarmidan oshmasligi kerak. 
 
51. 
Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo 
tayinlash masalasini yorting 
Sud tamom bo‘lmagan jinoyatlar (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va suiqasd 
qilganlik) uchun jazo tayinlashda:
- JK 54-moddasida ko‘rsatilgan umumiy qoidalarni;
- jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini;
- jinoyatning amalga oshirilganlik darajasini;
- jinoyatning oxiriga yetkazilmaganlik sabablarini e’tiborga olgan holda jazo tayinlashi shart.
Sud tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlaganda, jazoning muddati yoki 
miqdori - JK Maxsus qismi aynan bir moddasi yoki modda qismida tamom bo‘lgan jinoyat 
uchun nazarda tutilgan jazo turlarining eng ko‘p (maksimal) muddatining to‘rtdan uch 
qismidan oshmasligi kerak. Ushbu holatda mazkur qoida JK Maxsus qismida nazarda tutilgan 


modda sanksiyasidagi barcha jazo turlariga taalluqli hisoblanadi. Agarda tamom bo‘lmagan 
jinoyat ayollar va oltmish yoshdan oshgan erkaklar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa va sodir 
qilingan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansa, ushbu jazo turining 
muddati JK 50-moddasida 113 ushbu shaxslar uchun tayinlanishi nazarda tutilgan ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi lozim bo‘ladi. 
Mazkur qoida:
- o‘ta xavfli residivistlarga;
- uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga;
- tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan tamom bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganlarga;
- JK 97-moddasi 2-qismidagi “Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam 
o‘ldirish”ga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 118-moddasi 4-qismidagi “O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan 
shaxsning nomusiga tegish”ga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 119-moddasi 4-qismidagi “O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga 
nisbatan jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish”ga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd 
qilgan shaxslarga;
- yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol 
yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv 
materiallarni kontrabanda qilishga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga 
nisbatan tatbiq qilinmaydi. Ushbu holatlarda jazo umumiy asoslarda tugallangan jinoyatlar 
uchun tayinlanishi nazarda tutilgan jazo muddati va miqdoridan kelib chiqib tayinlanadi va 
yuqorida ta’kidlangan qoida, ya’ni JK Maxsus qismi aynan bir moddasi yoki modda qismida 
nazarda tutilgan jazo turlarining eng ko‘p muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi lozim 
degan qoida tatbiq qilinmaydi. Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun - umrbod ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas. Ushbu qoida barcha turdagi jinoyatlarga 
taalluqli. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda sud e’tiborga olishi 
lozim bo‘lgan holatlar: - qilmishni sodir etishda ishtirok etgan har qaysi aybdorning jinoyatda 
ishtirok etganlik xususiyati va darajasini; 114 - ishtirokchilik shaklini; - har qaysi 
ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni; - 
ushbu yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat ushbu ishtirokchining o‘ziga jazo 
tayinlashda inobatga olinadi. Agarda ishtirokchilik shakli sodir etilgan jinoyatning JK Maxsus 
qism moddasida alohida nazarda tutilgan bo‘lsa, uni qo‘shimcha ravishda og‘irlashtiruvchi 
holat sifatida e’tirof etish mumkin emas. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish