225
imzolangan bo‘lsa, may oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat
hukamatlari o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalari
bilan Rossiya Federatsiyast subyektlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish
to‘g‘risida bitim», «Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim» imzolandi.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001-yil 3-5-may, 2004
- yil aprel
oylarida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning 2004- yil
iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi
pog‘onaga ko‘tardi.
2004-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida
strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur bitim o‘
zaro xavfsizlikni
ta’minlash, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat
qilmoqda.
2005-yil 14-noyabrda imzolangan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida
shartnoma hujjatlari o‘zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat
qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga
qaratilgan mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. «O‘zbek neft-gaz»
milliy
xolding kompaniyasi bilan «Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «Gazprom» ochiq
aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjat
Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i -energetikasi sohasiga qariyb 2,5 mlrd.
AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat
o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 2004-yilda 1 mlrd 642 mln AQSH
dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda 7 mild AQSH dollardan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 19-20 aprel
kunlari Rossiyaga tashrifi jarayonida harbiy-texnik, bojxona, madaniy-gumanitar
sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasida turli
sohalardagi munosabatlar 276 hujjat asosida amalga oshirilmoqda. 2010-
yilda
O‘zbekistonda 843 ta O‘zbek-Rossiya qo‘shma korxonasi, Rossiyada esa
o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida 385 ta qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatdi.
2013-tilda O‘zbekiston Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 900 ga yaqin
qo‘shma
korxona faoliyat yuritdi, ularning 150 dan ortig‘i to‘la Rossiya sarmoyasi
asosida tuzilgan.
Rossiyaning
2000-2014-yillarda
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan
investitsiyalari hajmi 8 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston-Rossiya
o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o‘zaro
manfaatdorlik, bir-
birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari
asosida chuqurlashib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining uchrashuvi 1991 -yil 13-15-avgust
kunlarida
Toshkent
shahrida bo‘ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot
hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish
226
to‘g‘risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat
o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun
shart-sharoit yaratishdan, bozor
munosabatlariga o‘tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat
yuritishdan,
iqtisodiyotning
umumiy
muammolarini
hal
etishga
yagona
yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat, deb belgilandi.
1993-yil 4-yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O‘rta Osiyo Respub-
likalari va Qozog‘iston Prezidentlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda
Markaziy Osiyo
atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo, deganda O‘rta
Osiyo
respublikalari va Qozog‘iston tushuniladigan bo‘ldi. Uchrashuv qatnashchilari
mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa
mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar,
savdo-
iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.
Orolni saqlab qolish xalqaro jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jamg‘arma majlislarini Qizil O‘rda, Nukus va Toshhovuzda o‘tkazish zarur, deb
topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: