e-qaror.gov.uz
01.02.2022
1
2021 года «28» августа
54-11-153-Q/21
Хокимият Бешарыкского района
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 23-iyuldagi 450-sonli hamda viloyat hokimining
2021-yil 25-avgustdagi 70-11-0-Q/21-sonli qarorlari to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash
va bandligiga ko`maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga
oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini
ta’minlashga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 450-
sonli hamda viloyat hokimining 2021-yil 25-avgustdagi 70-11-0-Q/21-sonli qarorlari ijrosini
ta’minlash maqsadida,
QAROR QILAMAN
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi “O`zbekiston
Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish
to`g`risida(O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-
quvvatlash va bandligiga ko`maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo`sh vaqtini mazmunli
tashkil etishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son
Farmoni)”gi 450-sonli hamda viloyat hokimining 2021-yil 25-avgustdagi 70-11-0-Q/21-sonli qarorlari
rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va
qo`shimchalar kiritilganligi;
O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga
muvofiqlashtirishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Farg`ona viloyati hokimining 2021-yil 25-avgustdagi 70-11-0-Q/21-sonli qarorining ilovasiga
muvofiq viloyat hokimining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligini inobatga olib,
tuman hokimining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o`rinbosari O.Alimatov
e-qaror.gov.uz
01.02.2022
2
zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
Р.Жўраев
e-qaror.gov.uz
01.02.2022
3
Бешариқ туман ҳокимининг
2021 йил 28 августдаги
54-11-153-Q/21-сон қарорига
1-илова
Tuman hokimining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o`zgartirish va qo`shimchalar
1. Tuman hokimining 2009-yil 13-maydagi “Viloyat hokimining 2009-yil 23-apreldagi
“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 102-sonli qarori to`g`risida”gi 89-sonli qarori
haqida”gi 265-sonli qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to`ldirilsin:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat
mulkini ijaraga olishda ijara to`lovlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning
tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va bandligiga ko`maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish
hamda bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2021-yil 20-
apreldagi PF-6208-son Farmoniga 1-ilovada belgilangan imtiyozlar qo`llanilishi nazarda tutilsin”.
2. Tuman hokimining 2021-yil 16-martdagi “Viloyat hokimining 2021-yil 15-martdagi
“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 132-sonli qarori to`g`risida”gi 95-sonli
qarori haqida”gi 193-sonli qarorida:
a)
b-
bandi
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to`ldirilsin:
“Bunda, Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlarida shakllangan qo`shimcha manbalarning kamida 15 foizi miqdoridagi mablag`lar har
chorakda tegishli hududning qo`shimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tumanlar
(shaharlar)ning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armalariga ushbu
jamg`armalar Vasiylik kengashining ushbu qarorda belgilangan xarajatlarni qoplashga ko`maklashish
haqidagi talabnomasiga asosan yo`naltirilishi;
b)
v-bandda
:
beshinchi xatboshi “bir yilda” so`zlaridan keyin “30 foizi, biroq” so`zlari bilan to`ldirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga
kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to`lov-kontrakt
summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to`lab berishga”.
Do'stlaringiz bilan baham: |