–roq
affiksi qoʻshilib ravishdoshning qiyosiy daraja shakli
yasalgan.
2-§. Belgilarning darajalarga boʻlinishi haqida qarashlar xilma-xilligi
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorlarning
“Hozirgi oʻzbek adabiy tili” kitobida oʻzbek tilida daraja kategoriyasi haqida qimmatli
ma’lumotlar berilgan. Shulardan bir qanchasi bilan tanishib chiqamiz.
3
Abduraxmonov X., Shodmonov Z. Oʻzbek tili. 49-50-betlar
4
Y.Tursunov, J. Muxtorov, Sh Rahmatullayevlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” – M.: 2000. 231-b.
9
“Sifat bildirgan belgining darajasi har xil boʻlishi mumkin, ya’ni, belgi normal
(oddiy darajada boʻlishi, oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz) boʻlishi
mumkin. Daraja kategoriyasi belgining ana shu daraja nuqtai nazaridan boʻlgan
xarakteristikasini koʻrsatadi. Sifatlarning daraja nuqtai nazaridan boʻlgan farqi turli
vositalar yordamida ifodalanadi: yaxshi - yaxshiroq - juda yaxshi kabi”.
5
Bu kitobda darajalanishning bir-biriga qiyosan olinadigan uch turi haqida
ma’lumot berilgan: 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja.
1) oddiy daraja belgining ortiq-kamlikka (kuchli-kuchsizlikka) munosabatini
ifodalamaydi va bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega boʻlmaydi: yaxshi,
qattiq, semiz, keng, baland, toʻgʻri, yumshoq kabi.
2) orttirma darajada belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi ifodalanadi.
Oʻzbek tilida belgining ortiq darajasini bildiruvchi maxsus affiks (orttirma darajaning
morfologik koʻrsatkichi) yoʻq. Bu ma’no bir necha usul bilan ifodalanadi.
1. Fonetik usul. Bu usulning oʻzi bir necha koʻrinishga ega: 1) sifatning bosh
boʻgʻini yoki bosh qismini olib sifat oldidan qoʻllash bilan belgining ortiqligi
ifodalanadi: yap-yapaloq, dum-dumaloq kabi. Bunda bosh boʻgʻin oxiri p, m kabi
tovushlar orttirib talaffuz etilishi yoki umuman oʻzakdagi biror tovush p, m bilan
oʻzgartirib talaffuz etilishi, hatto pa elementi orttirib talaffuz etilishi mumkin: sap-
sariq, qip-qizil, yam-yashil, koʻm-koʻk, oppoq, soppa-sogʻ kabi. Belgi darajasining bu
usul bilan kuchaytirilishi sanoqli soʻzlarda uchraydi, masalan, mehribon, muloyim,
shoʻx soʻzlarini bildirgan belgining ortiqligini bu usul bilan belgilab boʻlmaydi. 2)
belgining ortiq (kuchli) darajasi unlini kuchli yoki choʻzib talaffuz etish, shuningdek,
undoshni qavatlab talaffuz etish yoʻli bilan ham ifodalanadi: uzuuun koʻcha kabi. Unli
kuchli talaffuz etilganda yoki undoshni qavatlantirilganda, urgʻu oldingi boʻgʻinga
koʻchirilishi ham mumkin: noordon, chirooyli kabi. Qip-qizil, sap-sariq, yum-
5
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” – M.: 2004.
125-b.
10
yumaloq kabilarda ham bosh qismidagi unli kuchli talaffuz etiladi. 2) leksik usul.
Belgining ortiq (kuchli) darajasi maxsus soʻzlar yordamida ifodalanadi: juda yaxshi,
juda goʻzal kabi. Belgining ortiq darajasi analitik formada ham ifodalanadi: bu forma
ikki komponentli boʻlib, birinchi komponentini chiqish kelishigi formasida qoʻllash
orqali hosil qilinadi: uzundan uzoq, shirindan sirin singari.
3. Ozaytirma daraja. Belgining normal darajadan kuchsizligini bildiradi. Bu
ma’no ikki usul bilan ifodalanadi:
1) leksik usul. Bunda darajaning kuchsizligi maxsus soʻzlar yordamida hosil
qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi kabi. 2) morfologik usul. Bunda darajaning
kuchsizligi –roq affiksi yordamida ifodalanadi. –roq affiksi yordamida yasaluvchi
forma hamma vaqt belgining normol holatdan kuchsiz (past) darajasini bildiradi:
oqroq, koʻkroq singari. –roq affiksli formaning belgining normal holatdan kuchsiz
(past) darajasini ifodalashi bu affiks belgi bildiruvchi boshqa soʻzlarga yoki
ravishlarga qoʻshilganda ham aniq koʻrinadi: Kiyimidan yigit koʻproq studentga
oʻxshar edi. (A.Q) Keksayganimda zora erkinlik koʻrsam ozroq. (Shukrullo). Boris
Aleksandrovich, qulupnay qiyomimi yaxshi koʻrardingiz... -Minavar murabbo idishini
suribroq qoʻydi.
Belgining normal holatdan kuchsiz (past) darajasini ifodalashi sababli shunday
ma’noni bildiruvchi mustaqil leksik vositalar (sal, xiyol, bir oz kabi) yoki morfologok
vositalar (-sh, -(i)mtir) kabi boʻlgani holda sifatga –roq affiksi ham qoʻyilishi mumkin:
Shu desangiz, sal yorugʻroqda yummoq uchun topolmadim vaqt.
Ikki predmentning belgisi oʻzaro qiyoslanganda –roq affiksli sifat bildirgan
belgi darajasi boshqa predmentning belgi darajasidan kuchliroq (ortiqroq) boʻladi.
Havo kechagidan bugun sovuqroq kabi. Lekin bunday hollarda ham –roq affiksli
darajaning kuchliligini (ortiqligini) ifodalamaydi. Bu ma’no qiyoslashning oʻzidan
kelib chiqadi. –roq affiksi esa shunda ham darajaning normal holatdan kuchsizligini,
11
ya’ni belgining darajasi –roq affiksi qoʻllanmagan formada kuchli (ortiq) boʻladi.
Qiyoslang: bugun sovuqroq- bugun sovuq, undan kuchliroq- undan kuchli, unga
qaraganda balandroq-unga qaraganda baland.
Yuqoridagilardan ma’lum boʻladiki, daraja ma’nosini ifodalash maxsus
grammatik koʻrsatkichga ega boʻlgan forma faqat bitta. U ham boʻlsa, –roq affiksi
yordamida yasaluvchi ozaytirma daraja formasidir”.
Bu kitobda yana ravish soʻz turkumining darajalanishi haqida qisman
ma’lumotlar berilgan.
6
Ravish soʻz turkumining darajalanishi sifat soʻz turkumini
bildiradigan belgilar kabi ravishlar bildirgan belgilar ham turli darajaga ega boʻlishi
yoki darajalanmasligi mumkin. Bundan tashqari, ravish bildirgan belgi darajasining
ortiq-kamligi xuddi sifatlardagi kabi usul bilan ifodalanadi. Belgining ortiq darajasi
maxsus soʻzlar yordamida (leksik usul bilan) ifodalanadi. Masalan: juda tez uchadi,
nihoyatda sekin eshitilyapti.
Belgining kuchsiz ozaytirma darajasi –roq affiksi yordamida ifodalanadi:
sekinroq gapir, keyinroq keldi kabi”.
7
Yana shuni aytib oʻtishim lozimki, bu kitobda ravish soʻz turkumida
darajalanishning turlari haqida alohida ta’riflar berilmagan. Bundan tashqari, fe’l
shakllari ravishdosh va sifatdoshlarning qisman daraja koʻrsatishiga misol berilgan
boʻlsa-da, ularning darajalanishi haqida alohida ma’lumotlar berilmagan.
“Oʻzbek tili amaliy grammatikasi“ (I-qism) kitobida oʻzbek tilida daraja
kategoriyasi haqida keng ma’lumot berilgan.
“Predmet, holat, hodasaning turli-tuman oʻziga xos konkret hamda abstrakt
belgilari boʻladi. Bunday belgilar normal boʻlishi mumkin va shu normallikka
6
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” – M.:
2004.135-b.
7
Umumta’lim maktablarining 6-7-8-9-10-11-sinf darsliklari.
12
nisbatan ortiq yoki kam, past yoki baland boʻlishi mumkin. Bu hodisa sifatning daraja
formalari yordamida ifodalanadi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida sifatning daraja
formalari quyidagicha: 1. Orttirma daraja - belgining ortiqligini ifoda etish uchun
qoʻllaniladi. 2. Ozaytirma daraja - belgining kamlik darajasini ifoda etish uchun
qoʻllaniladi. 3. Qiyosiy daraja - bunda belgining ortiq-kamligi turli chogʻishtirish
usullari vositasida aniqlanadi.
8
1. Orttirma daraja. Bu daraja formalari orqali predmet, holatga oid belgi
xususiyatlarning ortiqlik ma’nolari, ya’ni belgining normal holatdan yuqoriligi,
balandligi ifodalanadi. Belgi darajaning ortiqligini koʻrsatishda uch xil usul qoʻllanadi:
1) morfologik (affiksatsiya) usul; 2) leksik usul: bunda turli kuchaytiruv ma’nosini
beruvchi soʻzlar, soʻz birikmalaridan foydalaniladi; 3) leksik-semantik usul; 4) fonetik
usul - bunda esa urgʻu, intonatsiya, tovush takrori kabi fonetik vositalaridan
foydalaniladi.
Morfologik usul belgining ortiqlik darajasini ifodalashda qoʻllanuvchi intensiv
forma baror predment belgi hususiyatini boshqa predmentdasi shunday belgi-
xususiyati bilan qiyos etilmagan holda ortiqligini ifodalashga xizmat etadi. Bu turli
koʻrinishlarga ega: a) soʻzning birinchi ochiq boʻgʻini ajratilib, unda keyingi
boʻgʻindagi birinchi (ochiq) boʻgʻini ajratilib, unda keyingi boʻgʻindagi birinchi
undosh qoʻshiladi-da, yopiq boʻgʻin hosil qilinadi va ketidan toʻliq formasi qoʻshilib
aytiladi. Masalan: dum-dumaloq, pak-pakana. b) soʻzning avvalgi ikki tovushi (ba’zan
bu - bir boʻgʻinga toʻgʻri keladi) ajratilib, unga p, m, s tovushlari qoʻshiladi-da, yopiq
boʻgʻin hosil qilinadi va ketidan asl oʻzak qoʻshilib aytiladi: kap-katta misolllar kabi.
v) soʻz oldidan takrorlanuvchi qolip boʻgin ikki (yopiq, ochiq) boʻgʻindan iborat
boʻladi, ya’ni ajratib olingan ikki tovush p tovush qoʻshish orqali yopiq boʻgʻin hosil
qilinadi va unga yasama boʻgʻin-pa qoʻshiladi: toʻppa-toʻgʻri kabi.
8
Mirzayev I. K., Temirov Sh., A. “Oʻzbek tili amaliy gramatikasi” – M.: 2019. 324-b.
13
Leksik usul bir necha turga boʻlinadi: a) maxsus kuchaytiruvchi (juda, eng,
gʻoyat, nihoyatda, bir, biram, tim, naq, zap va boʻlishsizlik ma’nosidagi behad,
benihoya, cheksiz, misilsiz kabi) soʻzlar orqali ifodalanadi. b) takroriy (juft) soʻzlar
vositsaida ifodalanadi. Bunday takroriy soʻzlar koʻpincha ot oldidan qoʻllanadi.
Takroriy soʻzlar affikssiz yoki birinchi komponenti affiks yoki yuklama olgan holda
va har ikki komponent -day affiksi olgan holda boʻlishi mumkin. Kamol baquvvat
tishlari bilan yongʻoqlarni qar-qurs chaqib, oltin rangli barmoqday-barmoqday mayiz
bilan yeya boshladi. (Oybek) v) turlicha soʻz birikmalari, ideomatik iboralar
vositasida: Ellik yoshlardagi haddan ziyod choʻtir bir kishi karovatdan oyoqlarini
tushirib yotardi. (Oybek)
Leksik-semantik usul. Bu usulda ma’noni kuchaytirish uchun belgi bildiruvchi
soʻzlar oʻrnida yoki ular oldidan boshqa turkumdagi soʻzlar qoʻllanadi, ba’zan u
soʻzlar takrorlangan holda yoki -dek affiksini olgan holda keladi: achchiq garimdori -
zahar garimdori kabi.
Fonetik usul. Bu usul jonli tilga oid, ya’ni tovushlarga xos boʻlgan turli
hodisalar talaffuz vaqtida namoyon boʻladi. Belgi ma’nosini kuchaytirishda fonetik
usuldan ham foydalaniladi. Bu quyidagicha: a) belgi bildiruvchi soʻz sostavidagi
unlilar choʻgʻiq talaffuz qilinadi va urgʻu oʻsha unlilarga tushadi: balaand, tooza
singari. b) soʻz sostavidagi ba’zi undoshlar ikkilanadi: yummshoq, yuppqa, tekkis
kabi.
Ba’zi bir belgi bildiruvchi soʻzlarga nisbatan ikkala hodisani ham qoʻllash
mumkin boʻladi. Bunga misol tariqasida, birinchidan, asl oʻzagida ikkita undosh bor
soʻzlarni keltirish mumkin, ya’ni ma’noni kuchaytirish uchun oʻsha qoʻsh undoshlar
yanada koʻpaytiriladi: achchiq, qattiq kabi: shu bilan birga, bu soʻzlarning birinchi
boʻgʻidagi unlilarni choʻziq talaffuz etish ham mumkin: qaattiq, jaajji kabi.
14
2. Ozaytirma daraja. Koʻproq rang-tus belgilariga xos, ayniqsa, ozaytiruvchi
affikslar rang bildiruvchi sifatlar bilan bogʻliq. Bundan belgi ma’nosining normal
darajaga yetmaganligi, normaldan pastligi (turli usullar bilan) ifoda etiladi.
1) affiksatsiya: -ish, -gʻish (qizgʻish, sarigʻish, koʻkish, oqish) kabi
2) leksik vositalar: yarim, nim, och va boshqa vositalar bilan ifodalanadi.
3) leksik-morfologik usul. Bunda belgi ma’nosini berish uchun leksik
elementlar va ozaytiruvchi affikslar qoʻllanadi.
Qolaversa, bu kitobda qiyosiy daraja haqida ma’lumotlar keltirilgan boʻlib, bu
daraja orqali belgining ortiq yo kamligi, yuqori yoki pastligini qiyoslash yoʻli orqali
aniqlanadi, ya’ni bunda predmetlarning oʻzi yoxud ularning belgilari bir-biriga
chogʻishtiriladi.
9
Bunga misol qilib “
Do'stlaringiz bilan baham: |