103
da diqqatga sazovor ishlar qilindi. Inson manfaat-
larini ta’minlash davlatimizning eng ustuvor vazi-
falaridan biriga aylandi.
Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari
to‘g‘risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq
qonunosti aktlari qabul qilindi.
Inson huquqlarini himoya
qilish Konstitutsiyaning
bosh g‘oyasi va maqsadi hisoblanadi.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining maz-
mun-mohiyatini to‘la tushunish uchun avvalo kafolat
tushunchasiga to‘xtalmoq zarurdir. O‘zbek tilining
izohli lug‘atida bayon etilishicha: «
Kafolat
» so‘zi bu —
mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda,
ishontirish, kafillik, ta’minlash» ma’nosini bildiradi.
Kafolat — bu fuqarolarga qonunda belgilab qo‘yil-
gan huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini
ta’minlashga
yordam beradigan vositalar, usullar va
shart-sharoitlardir.
Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari
de yilganda shaxslarning Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilgan huquq va erkinliklarini amalda haqiqiy
bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni
yaratish tushuniladi.
Kafolat, kafolatlash bu — Konstitutsiya,
qonunlar-
da ko‘rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga
oshirish, huquq va erkinliklarga ega bo‘lish demakdir.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash
Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquq va erkinliklarga
egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan to‘liq
foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzilish-
dan muhofaza qilish hamdir.
Konstitutsiyamizning mohiyati insonga munosib
hayot
sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.
U jamiyat va uning a’zolari oldiga buyuk maqsadlar
qo‘yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo‘lla -
rini o‘zida mujassam etadi. Shu o‘rinda davlat, oila va
jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak, davlat va
www.ziyouz.com kutubxonasi
104
inson manfaatlari uyg‘unlashib borgan sari jamiyat
rivojlanib, olg‘a siljib boradi.
Konstitutsiyaning asosiy
huquqiy hujjat sifatidagi
qimmati shundaki, u jamiyat a’zolarining tengligini
qayd etadi, unga kafolatlar beradi. Huquqiy kafolatning
mohiyati davlat, uning organlari va mansabdor shaxslar
fuqarolarning huquqlarini va erkinliklarini amalga
oshirish uchun shart-sharoit yaratish,
ularni amalga
oshirish uchun doimiy ra
vishda zarur vositalar bilan
ta’minlanishda ifodalangan burchida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson-
larga ma’lum huquq va erkinliklarini mustahkamlab
berish bilan birga ularni to‘liq amalga oshirish uchun:
●
iqtisodiy;
●
siyosiy va huquqiy kafolatlar bilan ta’minlaydi.
Iqtisodiy sohadagi kafolatlar shundan iboratki,
O‘zbe kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunla -
rida ko‘rsatilgan, jamiyatning
iqtisodiy negizini tash kil
etuvchi mulk shakllarining xilma-xilligidir. Hamda
bar cha mulk shaklla
rining teng huquqliligini va
huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishini kafolat-
laydi.
Siyosiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi
shundan iboratki, Konstitutsiyaga binoan xalq davlat
hokimiyatining
birdan bir manbayi ekanligi; davlat
hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga
asoslanganligi; O‘zbe kistonda ijtimoiy hayotning
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xil-
ligi asosida rivojlanishi; hech qaysi mafkura davlat
mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligidir.
O‘zbekiston
Respublikasi
Kons titutsiyasida mustah
-
kam langan huquq va erkin-
liklar kafolatla
rining o‘ziga
xos jihatlari nima lardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: