Xotirada
saqlang
Javob:
Xabaringiz bor, mening deyarli barcha asar-
larimda qoraqalpoq xalqining millat sifatida shakllanish
jarayoni, uning turkiy qardoshlar bilan birlikka talpinib,
o‘zligini topishga intilish tarixi yoritiladi. Orol fojiasi
o‘laroq aytish mumkinki, mustamlaka zulmini, mustabid
tuzum tazyiqini biz hammadan ham ko‘proq tatidik. Shu
bois, Vatanimiz mustaqilligidan biz barchadan ortiq
quvondik. Istiqlol tufayli qoraqalpoq tili, dini, milliy
qadriyatlarini erkin rivojlantirish, milliy maktab-maorifni
yo‘lga solish, o‘z sharoitimizga mos iqtisodi yot yuritib, tur-
mush kechirish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
U sobiq SSSR davrida nomigagina muxtor jumhuriyat
sanalar, aslida oddiy viloyat maqomida edi. Qoraqalpoq
xalqi endi haqiqiy qadr-qimmatni topa boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |