Prezident
The president
Президент
(lotincha “praesidens” – oldinda
o‘tiruvchi) – Respublika boshqaruvi
shaklidagi
davlatlarda
davlat
va
hukumat rahbari. Odatda Prezident ijro
etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanib,
davlatning ichki va tashqi siyosatida
xalq nomidan ish yuritadi. Jahonda
birinchi prezidentlik boshqaruvi XVIII
asr oxirida
AQSHda joriy qilingan. O‘zbekistonda
prezidentlik boshqaruvi ilk bor 1990-yil
24- martda joriy qilingan bo‘lib,
O‘zbekiston
Prezidenti
butun
O‘zbekiston
fuqarolari
tomonidan
umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri
saylov prinsipi asosida saylanadi.
Ratifikatsiya
Ratification
Ратификация
(lotincha “ratus” – yechimini topgan,
tasdiqlangan,
“facere” – qilmoq,
bajarmoq) – davlat rahbari (prezident)
yoki
hukumati
(vazir,
ministr)
tomonidan imzolangan biror bir xalqaro
shartnoma
yoki
konvensiyaning
mamlakat
oliy
davlat
organi
(parlamenti) tomonidan tasdiqlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |