“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, unig sabablari va



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

8-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, unig sabablari va 
oqibatlari 
Reja: 
1.
Buxoro xonligining tashkil topishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. 
2.
Xiva xonligi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
3.
Qo‘qon xonligi. Xo‘jalik va madaniy hayoti. 
Tayanch so‘z va iboralar.
Dashti Qipchoq. Shayboniylar. Xiva xonligi. Qo‘ng‘irotlar. 
Buxoro xonligi. Abdullaxon II. Ashtarxoniylar. Buxoro amirligi. Mang‘itlar. Qo‘qon xonligi. 
Minglar. Toshkent bekligi. Davlat boshqaruvi. Davlat lavozimlari. O‘zaro va ichki kurash. 
Qoloqlik sabablari.
 
Sohibqiron Amir Temur vafot etgach, uning saltanati asta-sekin parchalana boshlandi. Amir 
Temur vorislari temuriylar 1405-yildan 1506-yilgacha Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik 
qildilar. Deyarli bir asr mobaynida ulkan saltanat amalda ikki davlatga bo‘linib, o‘zaro toju-taxt 
uchun kurash XV asr oxiriga kelib Samarqand temuriylarini ham, Xirot temuriylari hokimiyatini 
ham zaiflashtirib qo‘ygan edi.
1428-yilda Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo‘lgan 
Abulxayirxon
(1412-1468) 
Dashti Qipchoqda yangi davlat – 
Ko‘chmanch O‘zbeklar davlati
ga asos soladi. Tarixiy 
manbalarda bu davlat ,,O‘zbek ulusi“ (o‘zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 
1446-yilda Abulxayirxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar – Sig‘noq, 
Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoqni bosib oladi. O‘z davlatining poytaxtini Turadan 


Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligining 
tasdig‘i edi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand 
taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami 
evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said 
Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi. 
Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu tariqa u 
Movarounnahrda borgan sari o‘z nuluzining ortishiga erisha olgan. 
1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. 
Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) ko‘p yillik kurashdan so‘ng 
XV asrning 80-yillariga kelib Dashti Qipchoqda hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ladi. 90-
yillardan boshlab o‘zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan 
temuriylar hududi bo‘lgan Movaronnuhrda ham o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun harakat 
boshlaydi. Shayboniyxon avval Sig’noq, Sabron, Yassi shaharlarini, 1500-yil Samarqandni, 
1503-yil Toshkent va Farg’onani, 1504-yil Hisor, Qunduz, Badahshon, Balxni, 1505-yil 
Xorazmni, 1507-yil Xuroson temuriylarining poytaxti Xirotni, keyinroq Eronning Mashhad va 
Tus shaharlarini ham egallaydi.
1502-yilda Eronda shoh 
Ismoil
(1502-1524) yangi bir sulola – 
Safaviylar sulolasi
(1502-
1722)ga asos soladi. Xurosonga egalik qilish masalasida Shayboniyxon va Ismoil Safaviy 
o‘rtasida nizo kelib chiqadi. 1510-yil Marv yaqinidagi jangda Shayboniyxon Eron qo‘shinlaridan 
mag’lubiyatga uchrab jang maydonida halok bo‘ladi. 
Shayboniyxon halok bo‘lgach, Bobur Mirzo shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni 
shayboniylardan qaytarib olish uchun kurash boshladi va nihoyat, 1511-yilning kuzida 
Samarqandni uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, noilojlikdan 
islomning shiyalik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Bu 
esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki Movarounnahr 
aholisi, Boburning o‘zi ham islomning sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qilganlar. Shayboniylar 
ham shu yo‘nalishda edilar. 1512-yilning aprel va noyabr oylarida Shayboniyxonning ukasi 
Mahmud Sultonning o‘g’li Ubaydulla Sulton boshchiligida shayboniylar qo‘shini bilan bo‘lib 
o‘tgan har ikki jangda Bobur Mirzo qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Noyabr oyidagi jangda 
shayboniylar shoh Ismoilning Bobur Mirzoga yordam uchun yuborgan Ahmad (“najmi soniy”) 
qo‘shinini ham mag‘lub eltlllar. 
Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga 
qadar Kobulni idora qildi. So‘ngra Kobulni ikkinchi o‘g‘li Komron Mirzoga qoldirib, o‘zi 
Hindiston sari yurish boshladi va u yerda 332 yil hukmronlik qilgan 
Boburiylar saltanati
(1526-
1858)ga asos soldi. 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish