Bog'liq AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR.Aminov
Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 65
1.
Qisqa matn (Короткий текст
1
) – bu turdagi maydonga 1 tadan 255 tagacha
belgi kiritadigan qilib sozlash mumkin.
2.
Uzun matn (Длинный текст) – bu turdagi maydonga 1 Gb gacha
berilganlarni saqlashimiz mumkin.
3.
Sonli (Числовой) – bu turdagi maydonga butun yoki haqiqiy, ishorali yoki
ishorasiz sonlarni saqlashamiz mumkin. Maydon o‘lchamini 1, 2, 4, 8, 12
baytli qilib sozlashimiz mumkin.
4.
Sana va vaqt (Дата и время) – bu turdagi maydonning har bir elementi
xotiradan 8 bayt joy egallaydi va sana yoki vaqt ko‘rinishidagi berilganlarni
saqlashga mo‘ljallangan.
5.
Pul qiymatli (Денежный) – bu turdagi maydonga pul qiymatli berilganlarni
(so‘m yoki boshqa turdagi valyutalarni) saqlashamiz mumkin, maydonning
har bir elementi xotiradan 8 bayt joy egallaydi.
6.
Sanagich (Счётчик) – bu turdagi maydonning har bir elementi xotiradan 4
bayt joy egallaydi, odatda kalitli maydonlarda ushbu turdan foydalaniladi,
yani takrorlanmaydigan qiymatlarni kiritishga xizmat qiladi.
7.
Mantiqiy (Логический) – bu turdagi maydonning har bir elementi xotiradan
1 bit (0,125 bayt) joy egallaydi va mantiqiy qiymatlarni saqlashda ishlatiladi:
0 yoki 1, Da/Net (Ha/Yo‘q), Istina/Loj (Rost/Yolg‘on), Vkl/Vыkl (Yoniq).
8.
OLE ob’ekt maydoni (Поле обекта OLE) – bu turdagi maydonga ixtiyoriy
formatdagi, hajmi 1 Gbdan katta bo‘lmagan 1 ta faylni joylashtirish yoki bita
faylni bog‘liqli qilib(svyazannuyu) qo‘yish mumkin va xohlagan paytda
ushbu faylni o‘zgartirish uchun yoki o‘qish uchun ochish mumkin.
9.
Gipermurojaat(Гиперссылка) – bu turdagi maydonga 255 tagacha ixtiyoriy
belgilar ketma-ketligidan iborat berilganni yozishimiz mumkin va bu
yozuvga hajmi 2 Gbdan oshmagan veb sahifa, fayl yoki papkalarni ochib
beruvchi gipermurojaat biriktirishimiz mumkin.
10.
Birikmali (Вложения) – bu turdagi maydonga har birining hajmi 250 Mbdan
oshmagan va umumiy hajmi 2 Gbdan oshmagan bir nechta (5000 tagacha
yoki undan ham ortiq) har xil formatdagi berilganlarni biriktirishimiz
mumkin.
Yodda tuting! Jadvalga yoki berilganlar bazasi boshqa ob’ektlarini nomlashda
ajratuvchilar (bo‘sh joy, nuqta, vergul va h.k.) ishlatmagan maqsadga muvofiq.
Turli tashkilotlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun ulardan
avtomatik ravishda ma’lumotlarni yig‘uvchi, qayta ishlovchi va boshqaruvchi
rivojlangan axborot tizimlar bo‘lishi talab qilinadi. Oddiy axborot tizimi misolida
MBlarda Access dasturini ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Olingan nazariy
ma’lumotlar axborot tizimini MBBT yordamida yaratish va ishlab chiqishda amaliy
ishlarini bajarganda mustahkamlanadi. Talabalar bu bosqichni o‘qish va o‘rganish
bilan birga axborot tizimi to‘g‘risida asosiy bilimni olishadi, MB har xil turlari
uchun kerakli asosiy tajribani egallashadi.
1
MS Access 2010 дастури ва ундан олдинги версиияларида бу тур
текстовое деб номланарди.