Karam sabzavotlar
Karam sabzavotlarga oqbosh karam, qizilbosh karam, savoy karami, Bryussel karami, gul
karam, kolrabi karamlari va boshqa karamlar kiradi.
Karamlarning tarkibida oziq moddalar uncha ko’p bo’lmasa-da, ular mineral tuzlar va
vitaminlar manbai ekanligi bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi.
Karam boshining zichlashishi uning texnik pishish belgisidir. Ba’zan paydo bo’layotgan
ichki barglarning kuchli itarishi tufayli karam boshlari yorilib ketadi. Karam boshlarining ichki
barglari qorong’ilikda o’sadi. Shuning uchun ular rangsiz oppoq, ushlab ko’rilganda mayin va
mazasi yaxshi bo’ladi. Oqbosh karam asosan ho’l sabzavot sifatida oshpazlikda ishlatiladi va
tuzlangan karam ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |