O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Yunon yong’og’i.
Yunon yong’og’i sifat ko’rsatkichlari bo’yicha GOST 16832-71 
standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha yong’oqlar oliy, birinchi va 
ikkinchi tovar navlariga bo’linadi. Yunon yong’og’ining hamma tovar navlari butun, yaxshi 
etilgan, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak. Ularda namlik esa 10 % dan ortiq 
bo’lmasligi kerak. 
Oliy va birinchi navli yong’oqlarning po’stlog’i och-qo’ng’irroq rangdan qo’ng’ir 
ranggacha, yupqa, oson chaqiladigan mag’zi esa po’stlog’idan butun yoki yarim holda 
tozalanadigan bo’lishi kerak. Mag’zining sirtidagi po’stlog’i esa tillasimon-sariq rangdan to och-
qo’ng’ir ranggacha bo’ladi. Oliy navli yong’oqlarda po’stlog’ining sirti tekis, birinchi navli 
yong’oqlarda esa sal g’adir-budur bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Ikkinchi tovar navli yong’oqlarda esa po’stlog’i och-qo’ng’ir rangdan to qora-qo’ng’ir 
ranggacha bo’lib, ularda qiyin chaqiladigan yong’oqlar ham bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Bu nav 
yong’oqlarning mag’zi och-qo’ng’ir rangdan to’q-qo’ng’ir ranggacha bo’lib, mag’zi 
po’stlog’idan qiyinroq ajraladi. 
Yunon yong’oqlarining sifatini baholashdagi muhim ko’rsatkichlardan biri katta 
ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Oliy navli yong’oqlarda ko’ndalang kesimining 
diametri 28 mm dan, 1-navlarida 25 mm dan, ikkinchi navlarida esa 20 mm dan kam bo’lmasligi 
kerak. 
Yong’oqlarning sifatini baholashdagi yana bir muhim ko’rsatkich yong’oq mag’zining 
hissasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich oliy navli yong’oqlarda 50 % dan, birinchi navli 45 % dan, 
ikkinchi navli yong’oqlarda esa 35 % dan kam bo’lmasligi kerak. 
Oliy tovar navli yong’oqlarda begona aralashmalar va yong’oq po’stlog’i bo’lmasligi, 
birinchi navida esa 0,1 % dan, ikkinchi navida esa 0,3 % dan ko’p bo’lmasligi ko’rsatib 
qo’yilgan. Shuningdek, birinchi navli yong’oqlarda qurigan qobiqqa ega bo’lgan yong’oqlar 
miqdori 1,0 % dan, ikkinchi navli yong’oqlarda esa 3,0 % dan oshmasligi kerak. 
Yunon yong’oqlarining sifat tahlilini o’tkazishda aniqlanadigan asosiy ko’rsatkichlardan 
yana biri zararkunandalar bilan zararlangan, buzilgan, yaxshi etishmagan yong’oq mevalarining 
hissasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich oliy navli yong’oqlarda 1,0 % dan, birinchi navli 
yong’oqlarda 5,0 % dan, ikkinchi navli yong’oqlarda esa 10,0 % dan ortiq bo’lmasligi kerak. 


12 
Bodom.
Bodom ta’m ko’rsatkichi bo’yicha shirin va achchiq ta’mli bodomlarga 
bo’linadi. Achchiq bodomlarning mag’zida zaharli glikozidlar amigdalin (3-7 %) bo’ladi. Shu 
sababli ham achchiq mag’izli bodomlar oziq-ovqat mahsuloti sifatida qo’llanilmaydi. 
Shirin mag’izli bodomlarning sifati GOST 16830-71 standarti talabiga javob berishi 
kerak. Bu standart talabi bo’yicha bodomlar oliy va birinchi navlarga bo’linadi. Har ikkala 
navida ham bodomlar yaxshi etilgan, po’stlog’ining rangi birxil, sarg’ich-kulrangdan to 
qoramtir-qo’ng’irranggacha bo’lishi kerak. Ularning mag’zining qobig’i esa och-qo’ng’irdan to 
qo’ng’ir ranggacha bo’ladi. Bodomlarning ta’mi va hidi o’ziga xos yoqimli, begona ta’mlarsiz va 
hidlarsiz bo’lishi kerak. Bodomlar mag’zining namligi 10 % dan ortiq bo’lmasligi kerak. Oliy 
navli bodomlarning po’chog’i qog’oz po’choqli, yumshoq po’choqli, birinchi navlarida esa 
po’chog’i qattiq bo’ladi. Oliy navli bodomlarda mag’zining chiqishi 30 % dan, birinchi navlarida 
esa 25 % dan kam bo’lmasligi yuqorida qayd etilgan standartda ko’rsatib o’tilgan. 
Standart talabi bo’yicha bodomlarda massasiga nisbatan quyidagi nuqsonlar bo’lishiga 
ruxsat etiladi (%, ko’p emas): oliy navli bodomlarda zararkunandalar bilan zararlangan bodomlar 
– 0,5, birinchi navli bodomlarda esa – 1,0; yaxshi etishmagan bodomlar mos ravishda 1,0 va 3,0; 
qurib qolgan po’choqli bodomlar miqdori mos ravishda 2,0 va 5,0; achchiq mag’izli bodomlar 
miqdori mos ravishda 1,0 va 3,0. Buzilgan bodomlar oliy navli bodomlarda bo’lmasligi kerak, 
birinchi navli bodomlarda esa ularning hissasi 3,0 % dan ortiq bo’lmasligi standartlarda ko’rsatib 
qo’yilgan. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish