miyachaning pastki yuzasiga tarqaladi. Undan
ichki quloq arteriyalari
(aa. labyrinti)
chiqib, ichki
eshituv yo'li orqali ichki quloqqa boradi.
2
.Ko'prik arteriyalari
(aa. pontis)
miya ko'prigiga boradi.
3
. O'rta
miya arteriyalari
(aa.
mesencephalici)
o'rta
miyaga boradi
. 4.
Miyachaning
ustki arteriyalari
(aa. cerebelli superiores)
(o'ng va chap) miyachaning yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi.
5
.Bosh miyaning orqa arteriyasi
(a. cerebri posteriores)
miya oyoqchasini aylanib o'tib, bosh miyaning chakka va ensa bo'laklari
pastki yuzasiga tarmoqlar beradi. Bosh miyaning orqa arteriyasi ichki uyqu arteriyasining orqadagi
qo'shuvchi arteriyasi bilan qo'shilib arterial halqa hosil qilishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: