E nerge t ikas I a. I. Karshibayev


Qaror qabul qilish va baholash



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/254
Sana06.02.2022
Hajmi4,59 Mb.
#432893
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   254
Bog'liq
energiya tejamkorligi asoslari

Qaror qabul qilish va baholash 
Energiya boshqaruvchisi tomonidan qaror qabul qilish uning asosiy 
ishidir, asosiy vazifadir. Energiya boshqaruvchisi ish jarayonida 
muommolar va bir qancha savollarga duch keladi, bu muommo va 
savollarga u oldin ham duch kelgan yoki har doim duch keladi, yoki yangi 
muommo bo‘lishi ham mumkin. Ushbu ikki turdagi muammolar (savollar) 
ikki 
turdagi 
qarorlar 
asosida 
yechiladi. 
Dasturlashtirilgan 
va 
dasturlashtirilmagan. 
Dasturlashtirilgan, standart yechimlar takrorlanadi, muntazam va 
takroriydir. Tartibga solish usullari, ularni qayta ishlash usullari allaqachon 
ma'lum, ishlab chiqilgan va qaror qabul qilish kerak bo'lganda har safar 
qayta ko'rib chiqilmasligi kerak. 
Dasturlashtirilmagan, standart bo'lmagan yechimlar yangi, tuzilmaga 
ega emas. Ularni qabul qilishda ishlab chiqilgan usul yechimlar yo‘q, lekin 
dasturlashtirilgan kichik maqsadlar bo‘lishi mumkin. 
Psixologik nuqtai nazardan qarorlar qabul qilishda ishtirok etadigan 
kishilarning quyidagi toifalari mavjud. 
Mustaqillikka muhtoj bo'lgan tenglikka moyil bo'lgan odamlar 
qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish orqali yanada samarali natijaga 
erishish uchun ijobiy fikr munosabatlarni bildiradi. 
Qaror qabul qilish jarayonlari quyidagicha: 
1. 
Autokratik
qarorlar energetika menejeri tomonidan konsulsiz 
mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 
2. 
Maslahat
- qarorlarni energiya boshqaruvchisi boshqa shaxslar 
bilan maslahatlashgandan so'ng mustaqil ravishda qabul qiladi. 
3. 
Guruh
- qaror guruh tomonidan qabul qilingan qaror asosida 
amalga oshiriladi. 
Qaror qabul qilish - bu qoniqarli muqobillarni izlash va rivojlantirish, 
kamdan-kam hollarda optimal alternativlarni izlash va tanlashdir. 
Qaror qabul qilishda ayrim yondashuvlarni ko'rib chiqamiz. 
Qarorlar qabul qilishda ratsional yondashuv uch bosqichdan iborat: 
1. Muammoni aniq tahlil qilish va qaror qabul qilish kerak bo'lgan 
belgilarning aniq ta'rifini ta'minlaydigan fikr. 


96 
2. Muammoning yechimini topish uchun muntazam ravishda 
izlanadigan qarorni tayyorlash. 
3. Qabul qilinadigan mezonlarga mos keladigan yechimlarni tanlab 
olish. Bu esa qarorlar ichida eng yaxshi yechim hisoblanadi. 
Shunday qilib, qarorlarni qabul qilishda ratsional yondashuvni 
quyidagi qadamlar algoritmida ta'riflash mumkin: 
Tahlil qilish: 
- muammo borligini his qilish; 
- uni shakllantirish va baholash; 
- muammoni hal etish natijalari va maqsadlarini aniqlash; 
- mumkin yechimlarni ishlab chiqish; 
- olingan yechimlarni baholash; 
- eng yaxshi variantni tanlash. 
Qarorlar qabul qilishda yechimlarni topish uchun oddiy va aniq 
usullar mavjud. Bunga quyidagilar kiradi: 
- buyurtma qilish uchun mumkin yechimlarni ma'lum bir 
tashuvchisiga biriktiruvchi ro'yxatlar; 
- opsiyalarni ko'rish orqali yechimlarni topishga yordam beradigan 
diagramma shaklidagi imkoniyatlarning to'plami xuddi daraxtga 
o‘xshaydi ; 
- muammoning sabab-ta'sir tomonlarini ochiq-oydin ko'rsatadigan 
sabab-ta'sir diagrammasi, uning asosida tahlil qilish formulasini va keyingi 
yechimlarni tanlashini ta'minlaydi. 
Qaror qabul qilish "Aqliy hujum" usuli bilan birgalikda amalga 
oshirilishi mumkin. 
Qarorlar qabul qilishda "Aqliy hujum" usuli yordamida norasmiy 
muloqot tinch muhitda sabablar jamoasi a'zolari bilan do'stona muhitda, 
uzoq vaqt davomida birga ishlayotgan guruh va jamoalarida ishlatish
tavsiya etiladi. 
Qaror qabul qilingandan so'ng energiya boshqaruvchisi ishni 
rejalashtirishi kerak. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish