1.5. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
«Resurs» - bu frantsuzcha so`z bo`lib, imkoniyat degan ma'noni
anglatadi.
Tabiiy resurslar
– bu inson o`zining hayot faoliyati uchun
tabiatdan oladigan va kelajakda olishi mumkin bo`lgan barcha noz-
ne'matlardir. Tabiat inson uchun yashash muhiti va resurslar manbai
hisoblanadi. Atmosfera havosi, yer, suv, quyosh nuri, iqlim yer osti
boyliklari, iqlim, o`simliklar va hayvonot dunyosi – bularning barchasi
tabiiy resurslardir. Resurslar ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladigan
vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |