To‘g‘ri simli aloqali ENHAT
To‗g‗ri simli aloqa qo‗llaniladigan ENHAT sxemasi eng sodda va
eng ko‗p tarqalgan hisoblanadi. Qurilmalarga kam sarf-xarajat bo‗lganda
korxona energetigi real vaqt oralig‗ida barcha sexlar va bo‗limlardagi
elektr energiya iste‘molini kuzatish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Bunday
sxemalar asosan o‗rta va kichik quvvatli korxonalar elektr energiyasini
texnik
hisobga
olishni
avtomatlashtirish
uchun
qo‗llanildi.
Hisoblagichlarni kompyuterga ulash RS232/485 adapter orqali standart
tashqi ta‘sirlardan himoyalangan UTP5cat tarmoq kabeli yordamida
amalga oshiriladi. Bunda 32 tagacha hisoblagichlarni bitta guruhda
birlashtirish mumkin, liniyaning uzunligi 1200 m gacha, ma‘lumotlarni
uzatish tezligi 115200 kB/s gacha bo‗lishi mumkin.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |