Protestantsizmning o‟ziga xos bo‟lgan aqidalari quyidagilardan iborat: 1) shaxsiy e‘tiqod bilan najot topish; 2) dinga ishonuvchan barcha
kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi; 3) Bibliyaning oliy nufuzini tan olish;
4) dastlabki gunoh fe‘l-atvorini buzganligi, uni yaxshilik qilish qobiliyatidan
mahrum qilganligi, shuning uchun u xayrli ishlar, sirli marosimlar va asketizm
yo‘li bilan emas, bandalar gunohini so‘rab olish uchun o‘zini qurbon qilgan Isoga
shaxsan e‘tiqod qilish yo‘li bilan oxiratda gunohlardan forig‘ bo‘lish
mumkinligini; 5) xristianlikni qabul qilgan va cho‘qintirilgan har bir kishi o‘zini
xudo bilan g‘ayritabiiy muloqatda bo‘lishga bag‘ishlaydi, bu ishni cherkov yoki
ruhoniylar vositaligisiz amalga oshirishi mumkinligi; 6) ruhoniylar bilan oddiy
dindorlar o‘rtasidagi aqidaviy farqning yo‘qligi; 7) ruhoniylar oddiy dindorlarning
tavbasini qabul qilishi va ularni gunohdan forig‘ qilishi mumkin emasligi va
67
ularning diniy jamoalar oldida hisob berishi to‘g‘risidagi aqidalarga amal qilishi
ishlab chiqilgan.