«Boshqaga uzat» o’yini
O’yin guruxlarda o’tkaziladi. Bolalar guruxlarda aylana yoki zanjir hosil
qilib o’tirishadi. Har bir guruxga olib boruvchi u yoki bu predmet nomini aytadi
(masalan: issiq qartoshka, suv, hamir, quymok va boshqalar). Guruxning vazifasi
o’z ma’lumotini boshqa guruxlarga pantomima yordamida tushuntirib berish.
Boshqa guruxlarning vazifasi - bu nima ekanligini topish.
«Piramida quruvchilari» o’yini
Juft bo’lib o’ynaladi. Juftlik qo’llaridan ushlab o’yin oxirigacha qo’yib
yuborishmaydi. Signal chalinganda juftliklar har xil kattalikdagi predmetlardan
piramida qurishlari kerak. Qurilish komplektlarini olib boruvchilar oldindan
tayyorlab qo’yishadi. Bir juftlikka bir xil kattalikdagi ikkita quticha quyish
mumkin, boshqa kattalikdagi qutichasi bor juftlikka murojaat qilishlari uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |