Metodik ko`rsatma:
Bolalar tinch o`tirishlari lozim. YUqorigi lab bilan
qilinadigan harakat osoyishta, zo`riqmay bajarilishi kerak. Tishlarni bir-biriga
jipslashtirmaslik darkor. YUqorigi-oldingi tishlarini ko`rsatib turish vaqti 4-6
sekundgacha davom etishi mumkin.
«Chumchuqlarni boqish»
Maqsad:
Pastki jag` harakatini faollashtiriga.
O`yinning borishi:
Bolalar tarbiyachiga qarab o`tirishadi, tarbiyachi esa
bolalarini ovqatlantirayotganday ona chumchuq tasvirlangan rasmni bolalarga
ko`rsatib, shunday deydi: «Hozir birgalashib bir o`yin o`ynaymiz. Sizlar
chumchuq bo`lasizlar, men esa ona chumchuq bo`laman. Ona chumchuq don olib
keldi. Hamma chumchuqlar og`izlarini ochishadi. Donni eyishdi va og`izlarini
yopishdi». Bolalar bu harakatni bir necha marta takrorlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |