3. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti.
Zamonaviy kompyuterlarning tarixi
Nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan 1623 yilda ixtiro
qilingan mexanik moslama mexanik hisoblash mashinalar davrini boshladi.
Bleyz Paskal 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo‟shish va ayirish) mashinani
yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnits 4-arifmetik
amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan
birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.
1885 yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog‟ozga
pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi.
Universal avtomatik hisoblash mashinani yaratish g‟oyasi va loyihasi
Kembridj universitetining professori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir.
Uning loyihasi bo‟yicha bu mashina xotira qismi, hisoblash qismi, boshqarish
qismi va chiqarish qismiga ega bo‟lishi shart edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |