Irodaviy zo'r berish.
Irodaviy aktning eng muhim bo'g'ini-qaror qabul
qilish va uni ijro etishdir. Bu ko'pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo'r berish
sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Irodaviy zo'r
berish hissiy hayajon shakli bo'lib, kishining harakatga qo'shimcha motivlarni
vujudga keltiradi. Irodaviy zo'r berish natijasida bir xil motivlarning haraktini
to'xtatib qo'yib, boshqalarning harakatini xaddan ziyod kuchaytirish mumkin
bo'ladi. Irodaviy kuch g'ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo'rquv, charchash
kabilan ustidan qozonilgan g'alaba anchagina hissiy zavq beradi, o'z ustidan
erishilgan g'alaba singari boshdan kechiriladi. Tashqi to'siq yengib o'tish lozim
bo'lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo'lsa, u
irodaviy zo'r berishni talab qiladi.
Irodaviy kuch-g'ayrat odamlarning barcha qaxramonlik ishlariga zarur qism
bo'lib kiradi. Irodaviy kuch-g'ayrat sarflash odati manonatli fe'l atvorni
shakllantirishning majburiy shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |