mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq
tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi.
Individning o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni
yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki
ma'lum darajada esda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo'lganda
esimizga tushadi. Kunlik tajribamiz shuni ko'rsatadi, esda qolgan narsalarning
hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham
xotiraga oid hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib
turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: