O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana04.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#431403
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Bog'liq
kasbpsixologiyapdf

4-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH

 
R e j a : 
1.
Shaxsning biogenetic na sotsiogenetik nazariyalari. 
2.
Shaxsning tuzilishi. 
3.
Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi. 
4.
Kasbiy shakllanish tarixi. 
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : 
Shaxs, individ, individuallik, faollik, faoliyat, motiv, qiziqishlar, shaxsning 
shakllanishida ta'sir qiluvchi omillar, shaxs sifatlari. 


«Shaxs» tushunchasi keng va ko„p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo„nalishda 
bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya 
o„rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o„laroq, shaxsning ichki 
dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy 
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. 
Psixologiya fanida shaxs muammosini o„rganish bo„yicha turli nazariyalar 
mavjud bo„lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, 
psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar kiradi. 
Biogenetik nazariya
negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil 
sifatida qabul qilingan bo„lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy 
xususiyat kasb etadi, ular bilan o„zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur 
nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlarga 
(aniqlovchilariga) qaratiladi va 
ularning 
mohiyatidan 
sotsial-psixologik 
xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o„zi avval biologik rivojlanishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. 
Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan 
bo„lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o„ynagan. Biroq, 
inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini 
tushuntirishda qo„pol xatolarga yo„l qo„yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga 
ko„ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat 
tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan 
g„oya yotadi. 
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko„rinishi Z. Freydning shaxs 
talqinida o„z ifodasini topgan. Uning ta‟limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-
harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, 
ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog„liqdir. Bunga o„xshash 
biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan- bir mezon yoki betakror 
turtki vazifasini bajara olmaydi. 
Sotsiogenetik nazariya.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko„rinishi 
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda 
ro„y beradigan o„zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) 
usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o„zaro munosabati vositalaridan kelib 
chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko„ra, inson biologik tur 
sifatida tug„ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta‟siri ostida 
shaxsga aylanadi. 
Kognitivistik yo‘nalish.
Kognitivistik yo„nalishning asoschilari qatoriga J. 
Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. 


J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo„lib, u 
intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta‟limotini o„z ichiga qamrab oladi. 
Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya 
(moslashish, ko„nikish)dan iborat bo„lib, intellektning funksional invariantligi deb 
yuritiladi. 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 
1)
sensomotor intellekti (tug„ilishdan to 2 yoshgacha); 
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 
3)
muayyan operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha); 
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g„oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-
genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo„nalishning namoyandalari qatoriga 
L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi. 
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o„rganishga Rossiyalik 
atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontyev, 
B. G. Ananyev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar o„zlarining salmoqli hisslarini 
qo„shganlar. 
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to„xtalib o„tamiz. 
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs - ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti, 
ham subyekti. A. N. Leontyevning tushuntirishicha, shaxs faoliyat subyektidir. K. 
K. Platonov jamiyatda o„z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni 
shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. 
Rubinshteynning ta‟rificha, shaxs tashqi ta‟sirlar yo„nalishini o„zgartiruvchi, ichki 
shart-sharoitlar mahsulidir. 
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta‟rifini shaxsning psixologik ta‟rifi sifatida 
qabul qilish mumkin: «O„z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, 
jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi 
odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o„zgartiruvchi subyektga aylanadi». 
Ko„rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan 
yondashib, unga har xil ta‟rif berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‟rif berish mumkin. 
«Shaxs o ‘z menligini anglagan, o ‘zgalar bilan o ‘zaro munosabatlarga kirisha 
oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ». 
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan 
kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish bo„yicha quyidagi 
xulosalarga kelish mumkin. 
1)
jamiyatning a‟zosi hisoblangan va ong egasi bo„lgan har bir individ 
shaxsdir; 
2)
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o„ziga xos bo„lgan murakkab 


individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs 
xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq- avtorida, 
xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; 
3)
odam shaxs bo„lib tug„ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida 
shaxs sifatida shakllanadi. 
4)
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo„lgan 
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o„rganish 
mumkin. 
 
 
 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish