Kishilarning olgan daromadlari qilgan sarf-harajatlaridan
ko`p bo`lsa, daromadning qolgan qismini jamg`arib borishlariga
imkoniyat tug`iladi. Ular o`z jamg`armalari hisobidan turli moddiy
boyliklar (kvartira, dala hovli, avtomashina yoki uy jihozlari) sotib
olishlari, to`y-ma`raka qilishlari, sayohatga borishlari,
davolanishlari mumkin.
Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan so`ng,
ma`lum muddat davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul
jamg`armaga aylanadi, ya`ni harakatdan ma`lum muddatga
chetga chiqadi va bo`sh turib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: