Word lentalari bilan ishlash. Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .docx
kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich
Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa
ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo‘llash uchun qabul
qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter viruslarini
tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi
fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu
protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm)
xam saqlash imkoniyatiga ega.
Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat
qiladigan bir nechta