17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
264
namoyon bo‘lsa, musiqa asari, masalan, Betxovenning “Oydin sonata”si yoki Hoji
Abdulazizning “Guluzorim” kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan
rangtasvirdir. YA’ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in’ikos ettirgan holda ibtido bilan
intihonni tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o‘zida
mujassam bo‘ladi. SHu bois rassomlik san’atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri
deyish mumkin. Ayni paytda musiqa rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan
tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta’sir
ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng
keladigan san’at turi yo‘q. SHu sababli musiqadagi “musiqiylik” tushunchasi barcha san’at
turlari uchun yuksak mahorat ma’nosini anglatadi. M., she’riyatdagi musiqiylik, nasrdagi
musiqiylik, me’morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar musiqasi v.h.
Raqs san’ati.
Bu san’at turi Ovro‘pada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha
turlarini o‘z ichiga oladi. Raqs qo‘l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm,
muqom va badanning plastik egiluvchanligi vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu
vositalarning hammasi musiqa yordamida (juda bo‘lmaganda bir musiqiy asbob ishtirokida)
umumiy bir uyg‘unlikni tashkil etadi, ana shu uyg‘unlik raqsning san’at sifatidagi mohiyatini
anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy
raqslar, sof o‘yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan raqslar, maxsus ssenariy
(libretto) asosida sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h.
Raqs san’ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy –
teatrlashtirilgan ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega.
Masalan, o‘zbek raqsida uch yo‘nalish mavjud: Toshkent-Farg‘ona, Xorazm va Buxoro yo‘llari
(ba’zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy usullarning o‘ziga xosligi bilan
farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o‘z uslubi bor.
Teatr san’ati.
Insoniyat ma’naviy hayotida teatr san’ati juda qadamdan o‘z o‘rnini
yo‘qotmay keladi. Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va
qadimgi YUnonistonda dastlab teatr bir kishilik sahnadan iborat bo‘lgan, keyinchalik ikki
kishilik sahnadan, undan keyingina jamoviy san’at
turiga aylangan. YA’ni spektakl jamoaviy
ijod mahsuli – rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi o‘laroq
yuzaga keladi. Ayni paytda unda bir necha san’at turi omuxta tarzda namoyon bo‘ladi:
me’morlik, rassomlik (dekoratsiya), musiqa va notiqlik san’atining hamkorligi spektaklning
sahnaviy asosini, dinamik tarzda rivojlanib boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik
mohiyatini belgilab beradi.
Teatr san’atining o‘ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi,
o‘sha rejissyor, sahnaga qo‘ygan o‘sha aktyorlar o‘ynagan bugungi spektakl kechagidan farq
qiladi. Bu sahna san’atining doimiy ijodiyligini ko‘rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir
qo‘shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi, ijodiy kayfiyati, ikki yoki uch kunlik o‘sishi
bilan bog‘liq.
Sirk san’ati.
Do'stlaringiz bilan baham: |