San’atning asosiy vazifalari
Biz imkon qadar tahlildan o‘tkazgan san’atning xususiyatlari va tamoyillari ma’lum
ma’noda uning asosiy vazifalarini ham belgilab beradi. Endi ana shu vazifalarni qisqacha ko‘rib
o‘tishga harakat qilamiz.
Insoniylashtirish - san’atning dolzarb vazifasi.
U san’atning deyarli barcha asosiy
xususiyatlarini va o‘ziga xosligini namoyon etadi. Zero, har bir san’at asari markazida inson
turadi. Insoniylashtirish vazifasini san’at ham bevosita, ham bilvosita amalga oshiradi. Bevosita
deganimizda, insonning badiiy qiyofalar shaklida in’ikos ettirilishini nazarda tutamiz. YA’ni
qahramonlarning shakli-shamoyili, fe’l-atvori va xatti-harakatlari asarda taqdim etilayotgan
zamonaviy yoki tarixiy voqelikni insoniylashtiradi, ularda inson ishtirokini ta’minlaydi. Bilvosita
Do'stlaringiz bilan baham: |