Tarixiylik xususiyati.
Har bir haqiqiy san’at asari, vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki
tarixiyligidan qat’i nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarix. Masalan, Abulqosim Firdavsiyning
«SHohnoma» asari X-XI asrlarda yaratilgan, milodgacha va miloddan keyingi dastlabki
davrlardagi Eron ijtimoiy-siyosiy hayotidan olib yozilgan tarix, faqat badiiylashtirilgan,
umumlashtirilgan tarix. Ayni paytda «SHohnoma»ning yaratilishi bilan bog‘liq tarix ham
mavjud. «SHohnoma» o‘z ibtidosidan tarixiy asar sifatida qabul qilinadi. Tarixiylikning yana bir
boshqa jihati borki, unda asar dastavval zamonaviy san’at namunasi sifatida namoyon bo‘ladi va
keyinchalik u o‘z davrining badiiy qiyofalar vositasida yaratilgan tarixiga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |