16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
241
v) San’atda go‘zallik ifodasining tahlili tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, turmushdagi
go‘zallikni tushunish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘taydi. San’at go‘zallikning
mujassamlashgan ifo-dasi bo‘lib, xuddi shu ma’noda uni «nafosat qonunlariga ko‘ra ijod qilish
sohasi» deb atash o‘rinli bo‘ladi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida go‘zallik qonunlariga
rioya qilganda go‘zallik «yordamchi vazifa»ni bajaradi. San’at sohasida esa unga rioya qilmaslik
san’atning o‘zini bema’ni, mohiyatsiz qilib qo‘yadi.
San’atdagi go‘zallik – hayotdagi go‘zallikning in’ikosi bo‘lib, go‘zallik yaratuvchi
ijodkorlarning boshqa odamlardan farqi shunda-ki, u boshqalar fahmlay olmagan go‘zallikni
hamma erda ko‘ra olish, fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. San’at voqelikning
barcha estetik qirralari va sifatlarini qamrab oladi, hatto mudhish va xunuk hodisalarni
tasvirlayotganida ham go‘zallikni tark etmaydi.
O‘rta asrning juda ta’sirli oqimlaridan biri Yevropa klassitsizmi ijodkorlari yuksak san’at
aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni aks ettirishi
kerak, deb qaragan edilar. Uning vakillari, shubhasiz, juda ko‘p badiiy qadriyatlar yaratganlar.
Jahon san’ati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlar (Kornel, Rasin, Bajenov va boshqalar). Lekin
san’at taraq-qiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘naltirish uning ko‘lamini cheklab
qo‘ydi. Natijada voqelikdagi mavjud bo‘lgan go‘zallikning kichik bir bo‘lagi qirollar va
sarkardalar siymolari orqali hayot go‘zalligi bir tomonlama tasvirlandi. Oddiy odamlar
hayotining badiiy ifodasi esa yuksak san’atga loyiq topilmadi.
San’atda go‘zal qiyofani aks ettirish boshqa, qiyofani nafis tasvirlash boshqa narsa.
Chernishevskiy voqelik go‘zalligi san’atdagi go‘zallikdan yuqori turishini uqtiradi. U hayotdagi
go‘zallik birlamchi, san’atdagi go‘zallik ikkilamchi deydi. CHunki hayotda go‘zallik bo‘lmasa,
san’atda ham u ifoda topa olmaydi. Lekin u jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki haqiqiy san’at
dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon
etadi.
San’at hayotning boyligi va xilma-xilligini, go‘zallik va xunuklikni, yaxshi va yomon
xislatlarni aks ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va
xunuk narsalarni aks ettirish mumkin. Lekin san’atning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir! CHunki
u o‘z tarkibiga estetik orzu, ya’ni go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir.
Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy
yo‘nalishini ishlab chiqqan:
1) Ijobiy qahramon ramzini yaratish, ijobiy qahramon – ijodkorning go‘zallik haqidagi
estetik orzusidir.
2) Salbiy qahramon – go‘zallikning aksi bo‘lgan xunuklik, yaramaslik ramzi bo‘lib, u
ham estetik ahamiyatga ega.
San’atda ilg‘or estetik orzuning bo‘lishi san’at go‘zalligi bilan bog‘liq zaruriy, lekin
yagona bo‘lmagan omildir. San’at go‘zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror
topadi. Badiiy haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqat va go‘zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. SHekspir
«Go‘zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi.
San’atdagi go‘zallik shakl va mazmun birligida yaxlit mushohada etiladi. Inson
faoliyatida kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda
ko‘rinadi. Bu shakl esa faoliyat burchiga, vazifasiga, mazmuniga mos kelishini taqozo etadi.
SHaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi go‘zallik mezonidir. Gap ijtimoiy ahamiyatli,
g‘oyaviy ilg‘or, hayot haqiqatiga ega bo‘lgan mazmun haqida borsagina shaklning mazmunga
mos kelishiga san’at go‘zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |