14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI
O‘RNI
218
oilada farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qimmatli fikrlarni bildiradi. Abdurauf
Fitratning ushbu asarida oila – bir necha odamlardan iborat jamoa deb atalgan.
Yuqoridagi mulohazalardan ma’lum bo‘ladiki, oila va undagi farzandlar tarbiyasi tushunchasi
insoniyat uchun muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. CHunki har bir inson o‘z ota-onasi
bag‘rida ko‘z ochib dunyoga keladi va ularning ta’sirida atrof-olamni idrok etib, til chiqaradi va
muomalani o‘rganadi. SHunday ekan, er-xotin munosabatlari farzand dunyoga kelishi bilan
yanada muhim va mas’uliyatli pog‘onaga ko‘tariladi. Endi ular birbirlariga emas, balki bolalarga
shaxsan namuna va ibrat bo‘lishlari kerak, ya’ni ularda burch tushunchasi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |