GEDONIZM
– (yunon.
hedone
– huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy
talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan
qutqazuvchi narsa
yaxshilik
deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa
yomonlik
deb ta’rif qilinadi.
Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko‘rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va
uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat
degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir
ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi.
G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o‘zlari va
boshqalar uchun yuksak rohat–farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim
Do'stlaringiz bilan baham: |