10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
153
qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha
turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga
zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‘lish ma’lum
bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi.
Undan tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan
maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor
tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini
davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.
Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular
bo‘lish qoidalari deb ataladi.
A. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi
bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish
to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari
ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li»
va «hozirgi zamon fe’li» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi.
CHunki «kelasi zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa
ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini
«hissiy bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy
bilish» bu erda ortiqchadir.
B. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos
qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur.
Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish
qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan
bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish
a’zosi qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi
hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan.
V. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun
ular birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino»
tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino»
tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli
bino» tushunchasi bilan «Osmono‘par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha
istisno qilmaydi.
G. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak.
Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar
olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan
qo‘shma gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi
izchillik yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi «qo‘shma gap»
tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir.
Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim
predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan
o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar,
tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |