10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
143
Yangi davrda F. Bekon birinchilardan bo‘lib metod muammosini mantiq fani
doirasida taxlil qilgan. R. Dekart va I. Kantlar ham bu masalaga alohida e’tibor
qaratganlar. Gegel metodologiya rivojiga muhim xissa qo‘shdi. Albatta, ilmiy
bilish jarayonida har bir fan konkret tadqiqot ob’ektiga ega ekan, o‘zining maxsus
tadqiqot usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga N.Bor qo‘shimcha qilish
prinsipini kiritgan.
Ba’zi bir fanlar tadqiqot ob’ektlari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgani uchun,
ularning tushunchalari, qonunlari va metodlari ham bir – biriga yaqindir. Xususan,
bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir.
Ko‘pchilik fanlarda qo‘llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul
qo‘llanilishi doirasiga ko‘ra umumiy bo‘lgani bilan o‘z maxsus vazifasiga ega.
Bunga misol qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo‘lishining analiz va sintez,
umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi usullarini, shuningdek induksiya va
deduksiya, qiyoslash va modellashtirishni ko‘rsatish mumkin. Bular bilishning
umummantiqiy metodlari bo‘lib hisoblanadi Dialektika barcha fanlar uchun eng
umumiy metod vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng
umumiy usullari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bir – biriga bog‘liq.
Ilmiy bilish metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning extiyojlari
taqozasi bilan yuzaga kelgan bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab
hodisalarini to‘g‘ri ob’ektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga
imkon beradi. Hozirgi davrda ilmiy bilish faoliyatining takomillashgan shakllari va
usullari, tartib qoidalari, mantig‘i va tuzilmalari fanda yangi – yangi yutuqlarni
qo‘lga kiritish imkonini yaratmoqda.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish
fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini
rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy
munosabatda bo‘lishga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga,
argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib tashlashga yordam beradi.
Muhokamani to‘g‘ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka
erishish, aytish mumkinki, o‘ziga xos san’at-mantiq san’ati hisoblanadi. Bu
san’atning nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini
amaliy muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir
Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining
alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning
maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri
tafakkurga etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda
adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini
o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati
grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi
grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat
qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga
Do'stlaringiz bilan baham: |