17
turkiyzabon xalqlarning eng ko‗hna asari - Yusuf Xos Hojibning IX asrda
yaratilgan ―Qutadg‗u bilig‖ (―Saodatga yo‗llovchi bilim‖) asari bo‗lib, unda biz
Islom mavzulari va Qur‘oniy iboralarning matnda ko‗p va xo‗p qo‗llanilganligidan
voqif bo‗lamiz... Turkiy xalqlarning ilk adabiy asari matnidagi Qur‘oniy mavzular
esa o‗sha davr turkiy xalklari uchun islom ruknlari va Qur‘oni Karim ta‘sirining
zohirligidan dalolat beradi‖
12
.
Shunday fikrni Ahmad Yugnakiyning ―Hibat ul-haqoyiq‖, Rabg‗uziyning ―Qissasi
Rabg‗uziy‖ asarlari to‗g‗risida ham aytish mumkin.
Ahmad Yassaviy esa, ochiq-
oydin qilib:
Meni Hikmatlarim koni Hadisdir,
Kishi bo‗y eltmasa bilgil habisdir...
Meni Hikmatlarim farmoni Subhon,
O‗qib bilsang hamma ma‘noyi Qur‘on. -
deydi.
Qur‘on va Hadis o‗qib, ulardagi ma‘no va haqiqatlardan ilhomlanib ijod qilish
albatta, so‗zning xolisligi, ilohiyligi, hayotiyligi va hikmatga boyligini ta‘minlaydi.
Ma‘lumki, dunyodagi deyarli hamma dinlarda ham axloq tarbiyasi va axloqiy
yetuklikka alohida e‘tibor berilgan. Lekin, Islom dinida go‗zal axloq tushunchasi
yanada yuqori darajalarga ko‗tarilgan. Shuning uchun Sharq shoirlari axloq va
odob masalalarini yoritish yoki hal qilishda Qur‘oni Karim oyatlari va
Hadislardagi ko‗rsatmalarga asoslanganlar. Umuman, Qur‘on inson qalbi va
axloqidagi har qanday xastaliklarning shifosi deb qaralgan.
Sho‗ro tuzumi tazyiqi bilan xalqimiz Islom
va tasavvuf olamidan garchi
asta-sekin uzoqlashtirilgan bo‗lsa-da, ammo, uni diniy va tasavvufiy adabiyotdan
butunlay yiroqlashtirishga erisha olinmagan edi. Bu esa chegaralangan tarzda
bo‗lsa hamki, iste‘dodli va dunyoqarashi keng ayrim yozuvchi va shoirlarning
ijodida diniy tushunchalar, tasavvufiy his-tuyg‗ularning davom topishi uchun
imkon bergan edi.
12
Karomatov H. Qur‘on va о‗zbek adabiyoti. Toshkent, 1997. 67-b.
18
Shuni ta‘kidlash lozimki,
dinga qarshi kurash, ateistik targ‗ibot ishlari avj
oldirilgan zamonlarda ham Abdulla Oripov she‘rlarida ruhoniy kayfiyat, diniy
mohiyat xulosalarning o‗rin olganligi alohida e‘tiborga molikdir. Bunda shoirning
―Bul ajab har kimsadin imdod so‗raydir xorlar‖, ―Pahlavon Mahmud maqbarasi
qoshida‖, ―Ruhim‖, ―Bahor‖ kabi she‘rlarini eslatib o‗tish maqsadga muvofiq.
Abdulla Oripov ayrim qalamkashlarga o‗xshab, dahriylikdan birdaniga
Ollohparastlik va Ilohiyotchilikka o‗tgan shoir emas. Ijodkor sifatida shakllanish
bosqichla-ridayoq uning ko‗ngli va idroki Islom nuri
va ziyosi bilan munavvar
bo‗lgan. ―Haj daftari‖ turkumidagi she‘rlarida erishilgan muvaffaqiyatning sir va
asoslaridan biri ham ana shunda edi.
―Haj daftari‖ - shoirning muqaddas Haj safari taassurotlaridan tug‗ilgan,
diniy, axloqiy, ma‘rifiy va didaktik mohiyatdagi turkum hisoblanadi. Bu
turkumning yuzaga kelishi to‗g‗risida shoir shunday deydi: ―Makkai mukarramaga
borganimning dastlabki kunida Ka‘batullohda - Olloh uyi yonida tunni bedor
o‗tkazib, tilovat bilan bir qatorda baytlar yoza boshladim. Men bu holatga avvaldan
bir muncha tayyor bo‗lganim sabablimi satrlarim o‗z-o‗zidan quyilib kelaverdilar‖.
Haqiqatda ham shoir fikran va ruhan ―avvaldan bir muncha tayyor‖ bo‗lmaganida
turkumdagi she‘rlar o‗z-o‗zidan quyulib kelavermasligi aniq edi. Chunki, u Haj
ziyorati-gacha ham ―ma‘naviyatimiz quyoshlaridan biri dini Islom‖ ekanligini
chuqur idrok etgan, Qur‘oni
Karim - ayniqsa, ―Hadisi sharif‖, ―She‘riyatlar
she‘riyati‖ ekanligini to‗liq anglab yetgan edi.
Haj daftaridagi she‘rlar she‘riy hadislar deb atalgan va ularning barchasi u
yoki bu tarzda hazrati payg‗ambarimiz Muhammad alayhissalomning ―suxanlari
bilan‖ bevosita bog‗liqdir. Xo‗sh, mazkur she‘rlar nega she‘riy hadis deyilgan?
Chunki ular, birinchidan, diniy mohiyat va payg‗ambar kalomlari ta‘sirida tug‗ilib,
pand va ibrat mazmuniga ega. Ikkinchidan, ushbu she‘rlarda Abdulla Oripov ―Qirq
hadis‖, ―Arba‘in‖ deb atagan va hadis
13
larni she‘riy talqinlarini yaratish an‘anasini
13
Izoh: Ma‘lumki, hadis - Muhammad payg‗ambarning sо‗zlari, ummatlariga meros qoldirgan pand-nasihat
mazmunidagi fikrlari. Ularda din, imon va insoniylikning tub asoslari bayon etib berilgan. Islom tarixiga oid
manbalarda qayd etilishicha, hadis yozish Muhammad payg‗ambar hayotligi davridayoq boshlangan.
19
davom ettirgan. Lekin, Abdulla Oripovning ―Hadis‖lari klassik an‘analarning
butunlay yangi bir davr sharoitida, ayniqsa, o‗rtadagi juda katta vaqt, falsafiy,
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, axloqiy-ma‘naviy, adabiy-estetik o‗zgarishlar, evrilish
va yangilanishlar ―jarligi‖dan so‗ng davom ettirilishi natijasida butunlay yangicha
mazmun va qiyofa kasb etdi
14
.
Bu yangilik va o‗ziga xoslik, eng avvalo, ulardagi mazmunning keng
qamrovliligi, davr va zamon ehtiyoji bilan bog‗liq ijtimoiy, siyosiy-falsafiy
qarashlarni ham o‗zida mujassamlashtirganligi bilan izohlanadi.
Turkumdagi birinchi she‘r Ka‘batullohga bag‗ishlangan. Ammo, unda
Ka‘batulloh madhi emas, balki, butunlay boshqa bir dardli haqiqat yoritilgandir. U
shunday satrlar bilan boshlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: