xo‘jalik muomalasi
deb ataladi.
Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, olingan mahsu-
lotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida
o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar
bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik
mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional
rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko‘rib
chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan
xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari hamda xo‘jalik
faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va
manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |