4
Aziz o‘quvchim!
Buxgalteriya hisobining nazariyasini o‘rganish
bilan birga bu kasbning axloqiy (etika) masalalarini ham bilishingiz
zarur.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, buxgalterlik judayam qadimiy
va murakkab kasb, ammo uni egallash uchun tarixiy manbalar (qo‘lyoz-
malar)ni titkilash emas, balki o‘z
ustingizda muntazam ishlash, amali-
yotda bevosita shu kasb bilan shug‘ullanish, hujjatlar bilan ishlash
kerak. Ba’zi bitiruvchilar bu kasb bo‘yicha oliy ma’lumotga ega
bo‘lganidan so‘ng amaliyotda ishlashga jur’at qila olmaydi,
nazariyani
mukammal o‘rganmagan ikkinchi bir toifalari esa amaliyotda biron-bir
«oraliq ish»
ni yoki ishning
«bir bo‘lagi»
ni o‘rganib olib, ularni nazariya
bilan bog‘lay olmasdan, ya’ni buxgalterlik kasbini bir butun yaxlit tizim
sifatida tushunib yetmasdan,
«nazariya boshqa, amaliyot boshqa»
(yoki
«o‘qish boshqa, ish boshqa ekan»
) qabilidagi siyqasi chiqqan
«qoida»
ni
takrorlab yuradilar. Faqat nazariya bilan shug‘ullanib, kitobiy ilmda
ma’lum darajaga erishgan uchinchi bir toifa kishilar amaliyotda oddiy
hisobchilikni ham bajara olmasligi mumkin. Darhaqiqat,
«kitobiy olimlik
ziynat, ammo u poydevor emas»
1
(
Mishel de Monten
). Shuning uchun
haqiqiy malakali buxgalter darajasiga yetishish buxgalteriya hisobining
nazariyasini ham, uslubiyatini ham,
amaliyotini ham mukammal va
o‘zaro bog‘liqlikda bilishni taqozo etadi.
Kitobning annotatsiyasi va muqaddimasini o‘qishingizning
o‘zidayoq, Sizga oldin tanish bo‘lmagan, eshitgan bo‘lsangizda iqtisdoiy
mohiyati murakkab tuyilgan tushunchalarga duch keldingiz. Jumladan,
«aktivlar », «baholash», «kalkulatsiyalash», «inventarizatsiya», «hisob
registrlari va shakllari», «hisob siyosati», «milliy va xalqaro standartlar»
va h. Buxgalteriya hisobiga oid ushbu va boshqa tushunchalar kundalik
hayotda quloqqa chalinshi, mazmun-mohiyatiga tushunib yetmasdan
ishlatilishi mumkin.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasida maxsus
bilim va malakaga ega bo‘lmagan odamlar tomonidan to‘liq ilmiy-
uslubiy asossiz, g‘aliz va hatto noto‘g‘ri izohlanishi ham mumkin. Bu
kabi tushunchalar buxgalterlik ilmining tarixiy taraqqiyoti yo‘lida turli
mamlakatlarda va
turli davrlarda vujudga kelib, tadrijiy rivojlangan va
maxsus ta’riflash hamda tavfsiflashni talab etadi. Ularni so‘zma-so‘z
tarjima qilib, mohiyatini ochib bermaydigan so‘zlar bilan almashtirish
maqsadga muvofiq emas. Ta’bir joiz bo‘lsa,
«fanda shunday
tushunchalar borki, ularning soddalashtirib bo‘lmaydi, soddalashtirilsa
tushuntirib bo‘lmaydi».
2
Shu bois, kitobning tegishli boblarida dastavval
1
Do'stlaringiz bilan baham: